Qo'shimcha topshiriq. Code red

Содержание

Слайд 2

Toshkentdagi yangi uyning bir kvadrat metri 2019 yil sentyabr holatiga o'rtacha 7,5

Toshkentdagi yangi uyning bir kvadrat metri 2019 yil sentyabr holatiga o'rtacha 7,5
mln so'm turadi. May oyi bilan taqqoslaganda 20 %ga o'sdi. Aslida, poytaxtdagi arzon uy-joylarning narxi bir kvadrat metr uchun 4 mln so'mdan boshlanadi, "elita" darajasidagi binoda joylashgan xonadonlarning har kvadrat metri 20 mln so'mga yetishi mumkin.

KIRISH

Слайд 3

Toshkent yangi qiyofa kasb etmoqda

Poytaxt yil sayin yagona katta qurilish maydoniga aylanib

Toshkent yangi qiyofa kasb etmoqda Poytaxt yil sayin yagona katta qurilish maydoniga
bormoqda. Uning ayni yuragida bo'lg'usi xalqaro amaliy markaz – Tashkent city'ning ilk inshootlari ko'zga tashlana boshladi. Masalan, bu yerda Hilton brendining 20 qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxonasi qurilishi nihoyasiga yetmoqda. Siti hududida mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo-ko'ngilochar majmualar, parkdan tashqari uy-joylar - birinchi osmono'par bino, balandligi 266,5 metrli Nest One, Gardens Residence, Central Plaza va Boulevard majmualari qad ko'taradi. Qurilishlar Tashkent city'dan tashqarida ham jadal olib borilyapti. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, faqat shu yilning o'zida Toshkentda qariyb 400 ta ko'p qavatli uy-joylar quriladi. Ularning katta qismi yosh oilalar va aholining zaif qatlamlarini uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha davlat dasturi doirasida barpo etiladi. Dastur ijrosi boshlangan 2017 yildan beri Toshkentda qurilish hajmi 55%ga o'sdi. Biroq, xususiy sektordagi o'sish faqat 20%ni tashkil etdi (2017 yilda 75 ta uy qurilgan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich 91 taga yetdi).

Слайд 4

Demokratik narxlardagi arzon uylar kabi zamonaviy qimmat uy-joylar ham barpo etilyapti. Narhlarning

Demokratik narxlardagi arzon uylar kabi zamonaviy qimmat uy-joylar ham barpo etilyapti. Narhlarning
keskin ko'tarilishi sababi ham shunda: 2019 yilning sentyabr holatiga ko'ra bir kvadrat metrning narhi 4 mln so'mdan 13 mln so'mgacha qiymatni tashkil qiladi. Asosan 6-9 qavatli uylar qurilyapti. Eng baland uy-joy binosi 51 qavatli Nest One bo'ladi, undan keyingi o'rinni 20 qavatli Central Plaza egallaydi. Sitidan tashqarida eng yuqori balandlik 12 qavatni tashkil qiladi (Burjar uy-joy majmuasi). Developerlar tobora ko'proq yosh oilalar orasida talab kuchli bo'lgan 30 kvadrat metr umumiy maydonli bir xonali xonadonlar yoki studiyalarni taklif etishmoqda. Ular xususiy uyga ega bo'lish uchun qulayliklardan voz kechishga tayyorlar. Ko'proq talab kuchli bo'lgan 2-4 xonali xonadonlar barpo etilyapti. 5 va undan ko'proq xonali xonadonlar maydoni 440 kvadrat metrga yetishi mumkin. Bunday takliflar bozorda ancha kam.

Слайд 5

Ayrim mutaxassislar ko'chmas mulk bozorida sovun ko'piklari paydo bo'lishini bashorat etadilar. Ya'ni

Ayrim mutaxassislar ko'chmas mulk bozorida sovun ko'piklari paydo bo'lishini bashorat etadilar. Ya'ni
developerlar ko'p yangi inshootlar quradilar, natijada takliflar keragidan ko'payib, buning oqibatida ko'piklar yoriladi – narxlar tushib ketadi. Toshkentda uy-joylarga talab O'zbekiston hududlari aholisi hisobiga o'sib boraveradi. O'tgan yil oxirlarida ko'chmas mulk qiymati bo'yicha poytaxt propiskasiga o'tish uchun cheklov bekor qilindi. Endi yangi qurilgan uydan xonadon sotib olgan har qanday fuqaro poytaxtda doimiy ro'yxatdan o'tishi mumkin. Agar bu qonun bo'lmaganda ko'p yangi qurilgan uylar huvillab yotgan bo'lardi, deb o'ylayman. Poytaxtga nafaqat yangi imkoniyatlar, balki qulayliklar uchun ham kelishadi. Sir emaski, respublikaning olis chekka hududlarida gaz, elektr ta'minoti borasida muammolar bo'lib turadi, u yerlarda infratuzilma rivojlanmagan. Buning ustiga qaysi ota-ona bolasiga yaxshi bilim berishni istamaydi, ma'lumki, bunga aksariyat hollarda poytaxtda erishish mumkin bo'ladi. Shuning uchun ko'pchilik Toshkentga ko'chib kelishga harakat qiladi.

Слайд 6

Toshkentda yangi uylar qurilayotgan joylar

Yangi qurilayotgan uylarning katta qismi Mirzo Ulug'bek va

Toshkentda yangi uylar qurilayotgan joylar Yangi qurilayotgan uylarning katta qismi Mirzo Ulug'bek
Yakkasaroy tumanlariga to'g'ri keladi.
Toshkentda yangi uydagi bir kvadrat metr o'rtacha 7,5 mln so'm turadi. Shahar chekkalarida kvadrat metrini 4-6 mln so'mga sotib olish mumkin, umuman shahar markaziga yaqinlashgan sari uylar qimmatlashib boradi. Biroq yetakchi developerlik kompaniyalari tobora ko'proq qimmat uylarni sershovqin va gavjum markazdan olisroqqa qurish amaliyotini qo'llaydilar. Bunda poytaxtning asosiy ko'chalarini juda jozibador qiluvchi barcha zarur infratuzilma ichkarida bo'ladi. Masalan, Murad Buildings'ning Cambridge Residence loyihasida shunday yo'l tutildi. Uy-joy majmuasi Olmazor tumanida joylashgan. Uning hududida xususiy bolalar bog'chasi, maktab, savdo majmuasi va xatto sayilgoh ham bor. Shu bilan birga aksariyat quruvchilar uy qurilishi uchun tayyor rivojlangan infratuzilmali gavjum joylarni tanlaydilar. Bu masalada Yakkasaroy va Mirzo Ulug'bek tumanlari ancha ommalashgan. Ularning har birida 12 tadan yangi uylar qurilmoqda yoki foydalanishga topshirildi. Ular izidan Yashnabod va Shayxontohur tumanlari bormoqda (ularda 10 tadan uy-joy majmualari qurilmoqda). Biz olgan ma'lumotlarga ko'ra, faqat Bektemir tumanida yangi uylar qurilmayapti. Poytaxt chekkalarida ancha kam uy qurilmoqda: Uchtepa va Sergeli tumanlarida faqat ikkita uy-joy majmuasidan takliflar olishingiz mumkin.

Слайд 7

Uy-joy narxiga ko'p omillar ta'sir ko'rsatadi. Birinchi navbatda uy joylashgan hudud. Bunda

Uy-joy narxiga ko'p omillar ta'sir ko'rsatadi. Birinchi navbatda uy joylashgan hudud. Bunda
bir tuman hududida birmuncha qimmat va arzon zonalar bo'ladi. Masalan, Mirzo Ulug'bek tumanida TTZ bozori atroflaridagi uylar arzonroq (bir kvadrat metri 5 mln so'm), Darxonda esa qimmatroq (8 mln so'm) turadi. Biz bu yerda ikkinchi omil – infratuzilmaga to'qnash kelamiz. Metro va boshqa transport vositalari, bolalar bog'chasi, maktab va bozorning yaqinligi uyning narxiga 20-30% qo'shimcha qo'shilishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari uy qancha yuqori qavatda joylashgan bo'lsa, uning narxi shuncha arzon bo'ladi. Har bir yuqori qavatda uyning narxi 200 ming so'mga pasayadi. Narxga xonadon tavsifi ham ta'sir ko'rsatishi tabiiy: maydon, ta'mirlangan yoki ta'mirlanmagani, uy qurilgan materiallar. Shu o'rinda yangi qurilgan uyning sifati haqida ikki og'iz so'z. Aholi ularga ishonchsizligi sababli xali xanuz ikkilamchi bozorni, ya'ni ilgari qurilgan va foydalanilgan uyni sotib olishni afzal ko'rmoqda, deb hisoblaydi Elchin Shirinov:

Слайд 9

Bozorda arzon uylarga taklif ko'p bo'ladi, chunki ularga talab ham yuqori. Uy

Bozorda arzon uylarga taklif ko'p bo'ladi, chunki ularga talab ham yuqori. Uy
quruvchilarning qariyb yarmi bir yildan uch yilgacha bo'lgan muddatda bo'lib-bo'lib to'lash, shuningdek, hamkor banklardagi ipotekani taklif qiladilar. Xaridni foydali qilishga xonadon narxini 100 % to'lash ham yordam beradi. Developerlar bunday holatda 25% chegirma taqdim etishga ham tayyorlar. Uyni sotish bo'lajak uyning poydevorini qazish bosqichidan boshlanadi, bu davrda narxlar eng foydali bo'ladi. Narxlar binoni foydalanishga topshirish sanasi yaqinlashgan sari o'sib boradi.

Слайд 10

Agar aniq yangi qurilayotgan uylarning narxini taqqoslaydigan bo'lsak, "Oazis" uy-joy majmuasidagi o'tgan

Agar aniq yangi qurilayotgan uylarning narxini taqqoslaydigan bo'lsak, "Oazis" uy-joy majmuasidagi o'tgan
yil may oyidan keyin uylar narxi 10%ga o'sdi, Mirobod Palac'da yuqori qavatlar biroz pasaydi, pastkilari 35%ga oshdi, White Palac'da aksincha – pastki qavatlar o'zgarishsiz qolib yuqori qavatlar 25% oshdi. Hatto Tashkent city hududida qurilayotgan Central Plazada ham narxlar tushib ketdi. U yerda bir kvadrat metr 2-3 mln so'mga arzonlashdi. Markaz 15, Yangi Darhon, "Triumf" uy-joy majmualarida hatto inflyatsiyaga ham qaramay narxlar o'tgan yilgi darajada qoldi. Poytaxt Gavhari uy-joy majmuasida narxlar oshdi. Agar o'tgan yili narxlar 7,5-8,5 mln so'm atrofida aylangan bo'lsa, bu yil esa 9-13 mln so'mga chiqib ketdi. "Do'stlar" uyida bir kvadrat metr 6 mln so'm edi, hozir - 20 mln. Buning ustiga kompaniya vakillari uyning foydalanishga topshirilishi bilan narxlar kamida 20%ga oshishi haqida ogohlantirishdi.

Слайд 13

O’zbekistondagi statistik ma’lumotlar

O`zbekistonda 2020 yilda eng kam ish haqi, eng kam

O’zbekistondagi statistik ma’lumotlar O`zbekistonda 2020 yilda eng kam ish haqi, eng kam
nafaqa (pensiya) va BHM
2019 yil 30 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasining 2020 yil uchun davlat byudjeti to'g'risida" gi (2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son) qarorni imzoladi. unga muvofiq 2020-yil 1-fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, shuningdek, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish hajmi 1,07 baravar oshiriladi
Ushbu hujjatga ko'ra, 1-fevral 2020-yildan minimal o'lchamlar belgilanadi:
• Oyiga 679 330 so'm miqdorida ish haqi; (aslida, bu Birlashgan Tariflar jadvalining birinchi razryadi bo'yicha oylik tarif stavkasining pul ko'rinishidagi ifodasi, eng kam ish haqining 1 stavkasi koeffitsienti bilan), 2020 yil 1 fevralgacha - EKIH (223,000 so'm)
• pensiyani hisoblashning asosiy qiymati-oyiga - 238 610 so'm (223 000 so'm edi)
• yoshga doir pensiyalar-oyiga - 466 680 so'm (436 150 so'm edi)
• bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa oyiga 466 680 so'm (436 150 so'm edi)
• zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 286 390 so'm (267 650 so'm edi)
Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)o'zgarishsiz qolmoqda - 223000 so'm (u soliq to'lovlari, yig'imlar, jarimalar, davlat bojlari, ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun to'lovlar va tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi uchun patent (litsenziya) miqdorini aniqlashda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to'lovlarda ishlatiladi) hujjatda qayd etilgan.

Слайд 14

O'zbekistonda o'rtacha ish haqi

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda

O'zbekistonda o'rtacha ish haqi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda
o'rtacha nominal hisoblangan ish haqi (jumladan, ish haqiga ustama, mukofot, rag'batlantiruvchi xarakterdagi to'lovlar, kompensatsiya to'lovlari va ishlanmagan vaqt uchun to'lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, ijtimoiy sug'urta uchun ajratmalar va kasaba uyushmasi fondiga).
• O'zbekistonda o'rtacha ish haqi 2019 yilda - 2,320,000 so'm (2019 yil 31 dekabr holatiga Markaziy bankning22 joriy kursi bo'yicha 244,02 AQSh dollari);
• O'zbekistonda o'rtacha ish haqi 2018 yilda - 1 822 000 so'm (2018 yil 31 dekabr holatiga Markaziy bankning joriy kursi bo'yicha 218,48 AQSh dollari);
• O'zbekistonda o'rtacha ish haqi 2017 yilda - 1 457 800 so'm (2017 yil 31 dekabr holatiga Markaziy bankning joriy kursi bo'yicha 179,53 AQSh dollari);
O'rtacha nominal hisoblangan ish haqi-tashkilotlardan olingan ma'lumotlar, xodimlarning hisoblangan ish haqi fondini xodimlarning o'rtacha soniga va hisobot davridagi oylar soniga bo'lish asosida hisoblab chiqiladi. O'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga ish haqi qo'shimchalari, ish haqi, rag'batlantirish to'lovlari, kompensatsiya to'lovlari va ishlamagan vaqt uchun to'lovlar, shuningdek jismoniy shaxslardan va kasaba uyushmasidan ushlab qolingan daromad solig'i kiradi.

Слайд 22

Turar joy narxlarining 15-20% qisqarishi bo’yicha takliflar

Shunday qilib, agar ikkilamchi bozorda kvartiralarning

Turar joy narxlarining 15-20% qisqarishi bo’yicha takliflar Shunday qilib, agar ikkilamchi bozorda
tahlil qilingan ma'lumotlar bazasida 1800 ga yaqin taklif mavjud bo'lsa, unda birlamchi bozorda atigi 70 ga yaqin, bu esa yangi binolarning kvadrat metri narxi to'g'risidagi ma'lumotlarning vakolatliligi masalasini hal qilishni o'ta qiyinlashtiradi. Bitta turar-joy majmuasining savdo bozoriga kirish ham yangi binolardagi kvartiralarning o'rtacha narxiga ta'sir qiladi.
14-16 aprel kunlari so'mning keskin devalvatsiyasi tufayli yangi binolarda taklif narxi 4,3 foizga - 733 dollar / kv.m.gacha tushdi. Milliy valyutadagi narx o'zgarishsiz qoldi. Biroq, karantin choralari tufayli ba'zi ishlab chiquvchilar 2020 yil aprel oyida 20% gacha chegirmalar e'lon qilishdi. Shuni inobatga olgan holda, aprel oyida milliy valyutadagi o'rtacha narxning birlamchi uy-joy bozorida 6,2 foizga pasayishi kuzatilganligini aytish mumkin.
Ishlab chiquvchilar uchun yangi qurilgan turar-joy majmualarida kvartiralarni iloji boricha tezroq sotish foydali. Kredit bo'yicha foizlarni to'lash, kreditni qaytarib berishni talab qilish, "betondagi pul" ning muzlashi, qurilish tsiklining uzluksizligi va operatsion xarajatlarning o'sishi ishlab chiqaruvchilarni nafaqat tez uylar qurishga, balki tugallangan kvartiralarni zudlik bilan sotishga intilishga majbur qiladi. Qurilishning ishlab chiqarish va texnologik tsiklining uzluksizligi karantin choralarini saqlab, qurilish maydonchalarida ishni qayta boshlash to'g'risida qaror qabul qilishga asos bo'ldi.
Turar joy binolarida ishlatiladigan qurilish mollarining O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanishi, buning uchun investitsiyalarning sifatli qurilish mollari ishlab chiqarishga yo’naltirilishi va yaqin kelajakda, bino va inshootlar qurilishida o’z mahsulotlaridan to’liq foydalanish turar joy binolarining narxlariga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Имя файла: Qo'shimcha-topshiriq.-Code-red.pptx
Количество просмотров: 59
Количество скачиваний: 0