XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida samarqand viloyati maorifi holati va muammolari

Содержание

Слайд 3

Xonliklar davrida maktablar umumta'lim bo‘lib, o‘rtacha 6-8 yoshga to‘lgan barcha o‘g‘il bolalarning

Xonliklar davrida maktablar umumta'lim bo‘lib, o‘rtacha 6-8 yoshga to‘lgan barcha o‘g‘il bolalarning
maktabga borishi majburiy bo‘lgan

Xon tomonidan maxsus tayinlangan “Raislar” bu ishlarni nazorat qilib borgan.

Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida esa bunday moddiy jarimalar bekor qilingan, maktabga borish ixtiyoriy bo‘lgan

Farzandini belgilangan yoshda maktabga yubormagan ota-onalar moddiy jarimalar bilan jazolangan.

Aynan maktablarni nazorat qiluvchi “Rais” lavozimi Kaufman tomonidan bekor qilinishi, ularning nazoratsiz qolishiga ta'lim sifatining pasayishiga olib kelgan.

lekin shunga qaramay ota-onalar o‘z farzandlarini ta'lim olishiga mas'uliyat bilan yondashib, imkon qadar maktabga o‘z vaqtida yuborishgan.

Maktabdagi o‘quvchilar soni hududlarga qarab, qishloqlarda o‘rtacha 10-20 nafar, shaharlarda 50-60 nafargacha o‘quvchini tashkil qilgan. Maktabdorning bilimi va saviyasi ham o‘quvchilar sonini belgilab beruvchi me'zon bo‘lgan.

Слайд 4

Samarqand uezdida 826 ta maktabda 6749 o‘g‘il va 249 nafar qiz o‘quvchi,

Samarqand uezdida 826 ta maktabda 6749 o‘g‘il va 249 nafar qiz o‘quvchi,
jami 6998 nafar o‘quvchi tahsil olgan.

Jizzax uezdida 366 ta maktabda 2834 nafar o‘g‘il va 60 nafar qiz o‘quvchi tahsil olgan.

Jami Samarqand viloyatida 2194 ta maktabda 19391 nafar o‘g‘il va 1052 nafar qiz o‘quvchi, jami 20443 o‘quvchi tahsil olgan.

Xo‘jand uezdida 176 ta maktabda 2763 nafar o‘g‘il va 274 nafar qiz o‘quvchi tahsil olgan.

Kattaqo‘rg‘on uezdida 594 ta maktabda 2955 nafar o‘g‘il va 48 nafar qiz jami 3003 nafar o‘quvchi tahsil olgan.

Arxiv ma'lumotlarida keltirilgan 1913 yildagi maktablar soni

Слайд 5

Aholi soniga qarab mintaqadagi maktab o‘quvchilar ko‘rsatkichi

Samarqand shahrida 4%, Panjakent shahrida 8%,

Aholi soniga qarab mintaqadagi maktab o‘quvchilar ko‘rsatkichi Samarqand shahrida 4%, Panjakent shahrida
Samarqand uezdida 5% umumiy aholigina maktablarda ta'lim olgan.

Kattaqo‘rg‘on shahrida musulmon aholisining 12% o‘g‘il va 1% qizlarigina, Kattaqo‘rg‘on uezdida musulmonlarning 5% o‘g‘il va 0.1% qizlari maktablarda ta'lim olishgan.

Jizzax shahrida musulmon aholining 5% o‘g‘il va 1.5% qizlari, Jizzax uezdida mahalliy xalqning 2% o‘g‘il va 0.05% qizlari maktablarda ta'lim olganlar.

Xo‘jand shahrida 1.5% o‘g‘il va 0.7% qizlar, O‘ratepa shahrida musulmonlarning 6.7% o‘g‘il va 1.1% qizlari, umuman Xo‘jand uezdida mahalliy aholining 3% o‘g‘il va 0.3% qizlari maktablarda tahsil olganlar.

Samarqand viloyatida bu davrda 519893 erkak va 444587 ayol, jami 964480 nafar musulmon aholi yashaganligini hisobga olsak, taxminan erkaklar orasida 3.7% bolalar, ayollar orasida 0.2% qizlargina yoki o‘rtacha 2% dan ko‘proq aholi maktabda tahsil olgan xolos.

Слайд 6

Maktab binolarining saqlanishi va qurilishi ham, o‘qituvchilarning maoshi ham asosan o‘quvchilarning ota-onalari

Maktab binolarining saqlanishi va qurilishi ham, o‘qituvchilarning maoshi ham asosan o‘quvchilarning ota-onalari
hisobidan qoplangan.

Ba'zida kam sonli maktablardagina juda oz miqdordagi vaqf mulki bo‘lgan.

Maosh hajmi ham o‘zaro kelishilgan holda belgilangan

To‘lovlar pul va qishloq joylarida ko‘pincha natura(xar xafta: un, guruch, go‘sht, non berilgan shaklida amalga oshirilgan.

Shuningdek, o‘quvchi ma'lum kitobni tugatgach xoxishiga ko‘ra ota-onalar tomonidan o‘qituvchiga sovg‘a-salomlar, tuhfalar berilgan.

Ushbu maktablarda o‘qish uchun, odatda, o‘quvchilar tomonidan payshanbalik o‘rtacha 10 tiyindan berilgan, bu oyiga 1 so‘mdan, ba'zida esa 2-3 so‘mgacha bo‘lgan. Bu mablag‘ hududlarda yoki qishloq va shahardagi maktablarda turlicha bo‘lgan. Agar o‘rganilayotgan davrda maktab o‘qituvchisi maoshini hissoblab chiqsak unda, Payshanbalik o‘rtacha 20 tiyindan yil davomida 4 hafta ramazondagi dam olishni olib tashlasak, bir yilda 48 bor olib kelingan bu o‘rtacha xar bir bola bir yilda 9 rubl 60 kopeykaga to‘g‘ri keladi. Bu miqdor hozirda taxminan bir yilda 500 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Agar maktabda o‘rtacha 20 ta bola tahsil olsa, oyiga o‘rtacha hozirgi miqdorda 830 ming so‘m maosh olishgan.

Bu kabi rag‘bat turlari ota-onalarning moliyaviy holatiga qarab berilgan va ana'naga aylangan edi.

Ba'zi maktab o‘qituvchilari faqatgina payshanbilik bilan kun kechirishgan.

Слайд 7

Qizlar maktabi mahalliy aholining qiz bola farzandlariga diniy va dunyoviy ilmlarni bergan

Qizlar maktabi mahalliy aholining qiz bola farzandlariga diniy va dunyoviy ilmlarni bergan
muhim ilmiy dargohlardan bo‘lgan.

Rus hukumati ham mahalliy aholining qiz farzandlari ta'limi uchun alohida boshlang‘ich maktablar joriy qilmaganligi bois, kam sonli musulmon qizlar maktabi aholi xotin-qizlari savodini chiqaruvchi asosiy ta'lim dargohi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ammo qizlar maktablari soni o‘g‘il bolalarga nisbatan bir necha barobar kam bo‘lgan. Samarqanddagi qizlar maktabi asosan shaharlarda ko‘p bo‘lib, qishloqlarda kam uchraydi. Ba'zi hududlarda arxiv ma'lumotlarida keltirilishicha qizlar maktabi bo‘lmagan. Lekin masalaning yana bir tomoni shundaki qizlar masalasi shariat tomonidan nozik masala hissoblanib, ularning ta'lim olganliklari yoki olayotganliklari rus hukumatiga bildirilmagan bo‘lishi ham mumkin.

Shariat nuqtai nazaridan nafaqat Samarqand balki butun o‘lkada o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitilgan.

Qiz bolalar asosan o‘qimishli, ziyoli ayollar yoki maktabdorning xotini tomonidan uyda ochilgan maktablarda tahsil olishgan.

Ayol o‘qituvchiga nisbatan “otinoyi”, “otinbibi”, “bibiotin”, “bibihalifa” deb murojaat qilingan

Слайд 8

Qizlar o‘qish uchun maktabga 5-6, ba'zan esa 6-8 yoshdan berilgan hamda o‘quv

Qizlar o‘qish uchun maktabga 5-6, ba'zan esa 6-8 yoshdan berilgan hamda o‘quv
kursi 5-8 yil davom etgan .

“Qizlar maktab”larida o‘quvchilar soni o‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan kamroq bo‘lgan .

Albatta qizlar maktabi hudud nuqtai nazaridan turmushda qizlarning ta'limiga bo‘lgan talabdan kelib chiqqanligi tabiy holdir. Ayol o‘qituvchilar o‘g‘il bolalar maktabidan ko‘proq haq olganligi barcha tabaqaning u maktablarda o‘qish imkoniyatini cheklagan. Ta'limda asosan turmushda zarur bilim va ko‘nikmalar berilgan.

Ushbu ta'lim muassasalarida Ta'limi banot, Muosharat odobi, Tarbiyali xotun kabi sharq axloqiy madaniyatini o‘z ichiga oluvchi fanlar ham o‘qitilgan.
Ma'lumotlar tahliliga ko‘ra, o‘g‘il o‘quvchilariga nisbatan qizlar bor yo‘g‘i 10%ni yoki o‘g‘il bolalarga nisbatan 90% kam o‘quvchi qizlar tahsil olganligini ko‘rdik.
1913 yildagi ma'lumotga ko‘ra, Samarqand viloyatida 444 587 nafar musulmon ayol istiqomat qilganligini hisobga oladigan bo‘lsak , viloyatdagi har 105 nafar maktab yoshidagi qizlarning 1 nafari maktabda tahsil olganligi oydinlashadi.

Слайд 9

Samarqanddagi yahudiylar maktablari mohiyatan, diniy ta'lim muassasasi bo‘lgan.

boshlang‘ich maktab “xeder”
deb nomlanib,

Samarqanddagi yahudiylar maktablari mohiyatan, diniy ta'lim muassasasi bo‘lgan. boshlang‘ich maktab “xeder” deb
unda 5-6 yoshdagi o‘g‘il bolalar
4 yil davomida tahsil olgan.

Maktabning ikkinchi bosqichi
ieshivi (yoki xomloi xoxom)
deb
atalib, 10-11 yoshdagi
o‘quvchilar tahsil olishgan.

Bu bosqichda ivrit tili,
ivrit tilidan yahudiy
tojik tiliga tarjima
qilish
va matematika
fanlari o‘qitilgan.

Ularga yahudiy dini bilimdonlari ta'lim berishgan. Maktabni tugatgach, o‘quvchilar sinagoglarda “shoxet” (diniy marosim uchun qurbonlikka keltirilgan muqaddas jonliqni so‘yish huquqiga ega shaxs) lavozimida ishlash uchun rishut – ruxsatnoma olishgan .
Moddiy imkoniyati cheklangan oila farzandlari uchun maxsus maktablar – “talmud tora”lar tashkil etilgan. Qizlar esa “xonagi” usulda, ya'ni, uy sharoitida ta'lim olishgan. Shuningdek, o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan yahudiy rus-tuzem maktablari faoliyat ko‘rsatib, unda ruscha o‘qish va yozish, matematika, geografiya, tarix o‘qitilgan. Barcha yahudiy maktablarida mahalliy til bilan birga ularning ona tili – ivrit tilini ham o‘qitishga alohida e'tibor qaratilgan. XX asrning boshlarida Samarqandda 30 dan ortiq xederlar(5 tasi talmud-tora bo‘lgan) va ikkita ieshivo faoliyat ko‘rsatgan. Ularning barchasida ivrit tili o‘rgatilgan.

Слайд 10

Samarqanddagi yahudiylar ta'limga va madaniy hayotning rivojlantirishga alohida e'tibor berishgan.

Bu ishlar homiylik

Samarqanddagi yahudiylar ta'limga va madaniy hayotning rivojlantirishga alohida e'tibor berishgan. Bu ishlar
va xayr-ehsonlar hissobidan amalga oshirilgan. Yahudiylar ta'limotiga ko‘ra ular o‘z daromadlarining 10 dan bir qismini (daxyak)ni qambag‘allarga, sinagoglar ehtiyojiga, qabristonlarga va bolalarning ta'lim olishi uchun ajratilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, yahudiy maktablari ham diniy va ham dunyoviy ta'lim maskani sifatida mintaqadagi ta'lim tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.

Kaspiy orti temir yo‘li ishga tushgach Samarqand viloyatiga arman millatiga mansub aholi ham ko‘chib keladi. 1893 yilda viloyat bo‘yicha 103 nafar arman yashagan bo‘lsa, 1910 yilga kelib, ularning soni 1266 nafarga yetadi.

Bu millat vakillari 1898 yil 31 oktyabrda Samarqand shahrida o‘z ibodat uylarini va uning qoshida milliy maktablarini tashkil qilishgan. Viloyat miqqiyosida birgina mana shu ibodat uyi qoshidagi arman maktabi faoliyat ko‘rsatgan.

Maktab asosan diniy ruhda bo‘lib, ruhoniy o‘qituvchilik qilgan. Arman va yahudiylar maktablari garchi milliy maktab ko‘rinishida bo‘lsa ham, ular bolalarga rus tili va rus madaniyatini o‘zlashtirishga, rus fuqaroligiga tayyorlash funksiyasini bajargan.

Слайд 11

1 bob bo‘yicha
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand

1 bob bo‘yicha XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand
viloyati Turkiston ilm-fani va maorif tizimida o‘ziga xos o‘rin tutgan holda, xududda mavjud an'anaviy ta'lim shakllari, xususan, boshlang‘ich maktablarning (musulmon, yahudiy maktablari) aholiga diniy-ahloqiy bilimlar hamda jamoat tartib-qoidalarini o‘rgatishdagi tayanch vazifasi, shu bilan birgalikda, boshlang‘ich ta'lim jarayonidagi muammolar (eski usul, “yod olish” ta'limi, bino yetishmasligi va b.), o‘qituvchi va o‘quvchilar ijtimoiy holati va moddiy ta'minoti singari masalalar ochib berilgan;

Слайд 12

Madrasalarning ichki boshqaruvi ikki bo‘limdan iborat bo‘lgan. Bular o‘quv jarayoni va maishiy

Madrasalarning ichki boshqaruvi ikki bo‘limdan iborat bo‘lgan. Bular o‘quv jarayoni va maishiy
xizmat bo‘limidagilardir.

Мадрасалар вақф ҳужжати низомида ўқув даргоҳининг фаолияти аниқ белгилаб берилган.

Madrasalardagi keyingi muhim lavozim mudarrislar asosan dars mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanib, ular saylov asosida tanlab olingan.

Mudarrislar asosan yuqori bosqich talabalariga dars berib, kichik bosqich talabalariga dars berishda ularga muqarrirlar yordam bergan.

Mudarrislar vaqf mulklarini boshqarishga aralashmagan va faqat madrasadagi o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lganda murojat qilganlar .

Madrasalar boshqaruvida mutavvalilar o‘quv jarayonini va vaqf mulklarini boshqargan. Madrasa mutavallisi hujjatda belgilangan nizom asosida tayinlangan. Mutavvali arabchada ishboshi, boshqaruvchi ma'nosini anglatib, xo‘jalik ishlarini yuritishni bajargan. Mutavvalilar bugungi “rektor” lavozimiga tengdir. 1906-1913 yillar oralig‘ida viloyatda 62 ta mutavalliylar faoliyat ko‘rsatgan(Ba'zi madrasalarda mutavalliy bo‘lmagan, ba'zilarida bir nechta bo‘lgan).

Turkiston general-gubernatori tomonidan madrasa mudarrislarini nazorat qiluvchi bosh mudarris yoki a'lam lavozimi bekor qilinishi, madrasalar o‘quv jarayoniga ham salbiy ta'sir o‘tkazgan.

Samarqanddagi 58 ta madrasada 79 ta mudarris dars berganligi yozilgan. Rus amaldorlari tomonidan madrasalarda ortiqcha mudarrislar bo‘lmasligiga alohida e'tibor berilgan .

Kaufman tomonidan Turkiston madrasalarida mutavvalilarni nazorat qiluvchi mutavvaliboshi lavozimining bekor qilinishi ayrim mutavvalilarning o‘zboshimchalik bilan ish olib borishiga yo‘l ochib bergan.

Слайд 13

Madrasalardagi ilm oluvchilar talaba yoki mulla deb atalgan.

1892-1893 yillarda Samarqand viloyatidagi 58

Madrasalardagi ilm oluvchilar talaba yoki mulla deb atalgan. 1892-1893 yillarda Samarqand viloyatidagi
madrasada jami 1872 mulla (talaba) tahsil olgan.

Samarqand shahrida 1006 nafar, Xo‘jand shahrida 387 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahrida 60 nafar, uezd qishloqlarida 419 nafar talaba tahsil olgan.

Samarqand shahridagi Tillakori va Sherdor madrasalarida 120 nafardan talaba tahsil olgan bo‘lsa, Xo‘jand uezdidagi madrasalardan birida bor yo‘g‘i 6 nafar talaba o‘qigan. Viloyatdagi 4 ta madrasada umumun talabalar tahsil olmagan. Talabalar soni madrasalarga nisbatan taqsimoti nomutanosib bo‘lgan.

Ayrim talabalarning madrasalarda 35 yoki 40 yoshgacha tahsil olganliklari ham ma'lum. Bunday talabalar shu yerning o‘zida keyinchalik ma'lum vazifalarga olingan, mudarrislarga o‘rinbosar tayyorlangan, ularga ko‘mak beruvchi muqarrirlar vazifasini o‘tashgan.

Samarqand madrasalarida mullalarning yoshi o‘lkadagi boshqa viloyatlarga qaraganda nisbatan kichik bo‘lgan.

Слайд 14

Madrasalarda shuningdek boshqa xizmatchilar ham bo‘lib ular vaqf hujjatlarida belgilangan tartibda maosh

Madrasalarda shuningdek boshqa xizmatchilar ham bo‘lib ular vaqf hujjatlarida belgilangan tartibda maosh olishgan.
olishgan.

Слайд 15

Vaqf mulkidan kelgan daromadning katta qismi madrasa binosini va qoniqarli holatda saqlash

Vaqf mulkidan kelgan daromadning katta qismi madrasa binosini va qoniqarli holatda saqlash
uchun sarflangan. Madrasalarning faoliyati vaqf, turli arznomalar, mutavallilarning hisob-kitob daftarlari, shikoyatlar, tibbiy tekshiruv daftarlari yorliqlar, talabalar ro‘yxati daftarlari va boshqa hujjatlar asosida amalga oshirilgan.

Samarqand viloyatidagi vaqf mulklarning ko‘rinishi 1906-1913 yillardagi arxiv ma'lumotlariga ko‘ra qo‘yidagicha bo‘lgan : 1)Ijaraga beriladigan yerlar - 2831 desyatinadan ko‘proq (musodara qilingach, faqat arxiv hujjatlarida keltirilgani va qayd qilingani. Hukumat ularni asl daromadini yashirish uchun qayd qilmagan holatlari ham bo‘lgan). 2) 28 ta ariqdan sug‘oriladigan yerlar(erlarning aniq miqdori keltirilmagan). 3) 200 tanob bog‘ va 6 ta ariq.

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi eng muhim muammolardan biri madrasalar ta'minoti hisoblanadi. Samarqand madrasalarida ko‘p sonli xizmatchilar ishlagan, minglab talabalar tahsil olgan, ularning faoliyati katta mablag‘ talab qilgan. Samarqand viloyati madrasalariga Buxoro kabi davlat tomonidan mablag‘ ajratilmagan. Oldingi davrlarda bunday holatlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘rganilayotgan davrda asosan vaqf mulklari sohaning bosh moliyaviy manbasi bo‘lgan. Vaqfnoma madrasalarning iqtisodiy, ma'naviy darajasini belgilovchi hujjat hisoblangan. Hujjatda mudarrislar, talabalarning soni, ularning maoshi, ichki tartib-intizomi, madrasa ta'miri va kutubxonasidagi kitoblar haqida ma'lumot keltirilgan.

4) 255 ta katta do‘konlar. 5) 396 ta rastalar(kichik do‘konlar uchun joy M.S.). 6) 9 ta karvonsaroylar. 7) 4 ta karvonsaroy uchun joylar (odamlar foydalangan yer uchun ijara bergan M.S.). 8) 6 ta vaqf tegirmonlari. 9) 2ta vaqf don omborlari. 10) 600 rubl vaqfning aylanma mablag‘lari (Xo‘jand shahridagi Mir Ashurboy madrasasida 400 rubl'. Xo‘jand shahridagi Mullo Muhammad Sobir madrasasida 200 rubl' M.S.). 11) 60 jildlik vaqf kutubxo¬nasi (Xo‘jand shahridagi Mullo Muhammad Sobir madrasasida). 12) 5550 puddan ortiq don mahsulotlari bo‘lgan.

Слайд 16

28555(o‘sha vaqtda bu pulga 2500-2600 ta qo‘y olish mumkin edi
100 %)

28555(o‘sha vaqtda bu pulga 2500-2600 ta qo‘y olish mumkin edi 100 %)
rublni tashkil etgan.

Samarqand shahari madrasalari
18372 rubl (64 %)

Xo‘jand shahri madrasalari
4936 rubl (17 %)

100-500 rublgacha 22 ta (38 %)

1-100 rubl daromadli madrasalar 11 tani
(19 %) tashkil qilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahri madrasalari
1060 rubl (3,5 %

uezdlardagi 18 ta madrasalar 4187
rubl daromad olgan (15.5 %).

Viloyatda daromadi 2000 rubldan
ko‘proq 12 ta (21 %)

1000 rubldan 2000 rublgacha
7 ta (12 %)

500-1000 rublgacha 6 ta (10 %),

Samarqand viloyatidagi madrasalarning vaqf mulklaridan oladigan umumiy daromadi

Umuman vaqf daromadi bo‘lmagan 9 ta
madrasa ham mavjud bo‘lgan .

Daromadlari bo‘lmagan madrasalarga har
yili odat bo‘yicha o‘sha hududdagi biror
bir kishi olgan hosilining bir qismini
ehson qilgan. Ushbu vaqf daromadlari
an'analarga va vaqf hujjati asosida
taqsimlanganligi manbalarda alohida
qayd etiladi.

Слайд 17

Samarqand madrasalari daromadlari Farg‘ona va Sirdaryo viloyati madrasalari daromadlaridan ancha past bo‘lgan.

1892-1893

Samarqand madrasalari daromadlari Farg‘ona va Sirdaryo viloyati madrasalari daromadlaridan ancha past bo‘lgan.
yillarda Samarqand viloyatidagi 58 madrasada jami 1872 mulla (talaba)
tahsil olgan va vaqf mulklaridan oladigan umumiy daromadi – 28555 rublni tashkil etgan.

Qo‘qondagi 2553 nafar talaba 34 ta madrasada tahsil olgan va ushbu
Madrasalar yiliga 64184 rubl' daromad olgan

Samarqanddagi madrasalarda tahsil oluvchi bitta talabaga o‘rtacha bir yilda 15 rubl,
Qo‘qonda har bir talabaga o‘rtacha 25 rubl sarflangan.

Turkiston o‘lkasida imperiyaning vaqf mulklariga nisbatan mustamlakachilik siyosati Samarqandan
boshlangan. Zarafshon okrugi boshlig‘i general-mayori A.K.Abramov unga Okrugni boshqarishda berilgan
imtiyozlardan foydalangan. Madrasalar faoliyatini tartibga solish bahonasida, ularning vaqf
mulklarini to‘liq nazoratga oladi.

A.K.Abramov 1874 yil 17 iyunda № 2820 buyrug‘i bilan vaqf yerlarini ijaraga berish huquqini
mutavallilardan olib uezd boshliqlariga beradi. Madrasalar daromadining ortgan qismi shahar
g‘aznasi hisobiga, keyinchalik o‘sha madrasalar ta'minoti uchun depozitga qo‘yiladi.

Lekin depozitga qo‘yilgan mablag‘lar o‘z vaqtida qaytarib berilmagan, turli bahonalar bilan pul berish
kechiktirilgan. Hukumat depozitga qo‘yilgan vaqf mulklari daromadini bir necha yillar davomida ham
qaytarib bermagan . Albatta bu yana madrasa faoliyatiga va binosining holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan.

1878 yildan boshlab rasman Zarafshon okrugidagi barcha vaqf yerlari rus ma'murlari boshqaruviga
o‘tadi. 1878 yil 30 aprelda Zarafshon okrugi boshlig‘ining 45-sonli buyrug‘i bilan barcha
boshqaruvdagi vaqf yerlari daromadlaridan 100 rubldan kam daromad oladiganlardan 8%, 100 dan 500
rublgacha daromad oladiganlardan 10%, 500 rubldan ko‘p daromad oladiganlardan 15 % miqdordagi
mablag‘lar Rossiya imperiyasi g‘aznasiga depozit sifatida o‘tkazilgan .

Слайд 18

Vaqflardan olingan soliqlar Samarqand shahrining yangi qismini qurish uchun sarflangan.

Madrasada faoliyat ko‘rsatgan

Vaqflardan olingan soliqlar Samarqand shahrining yangi qismini qurish uchun sarflangan. Madrasada faoliyat
mudarris, mutavalli va talabalar ma'lum miqdorda maosh olgan.

Mutavvalilar vaqf daromadidan 1/10 qismini maosh sifatida olishgan.

Sherdor madrasasi mutavvalisi 430 rubl (viloyatda eng ko‘pi), Samarqand shahridagi Xalifa Xasan madrasasi mutavviliysi 1 rubl (viloyatda eng kam) maosh olgan bo‘lib, viloyatdagi 21 ta madrasa mutavallisi maosh olmagan.

Demak bu davrdagi madrasa rektorlaridan 21 tasi maosh olmagan. Eng ko‘pi 1.800.000-2.000.000 atrofida bir oyda, eng kami bir yilda 55000 so‘m hozirgi pulda kafolatlangan maosh olishgan Ushbu davrda rus ta'lim muassasalari boshqaruvchilari bulardan bir necha barobar ko‘p maosh olishganligi ma'lum.

Mudarrislarning eng ko‘pi 645 rubl (Sherdor madrasasida), eng kami 9 rubl' (Xo‘jand uezdi Boboxo‘ja mozori qoshidagi madrasasida) maosh hisobiga ishlaganligi qayd etiladi.

Viloyatdagi 20 dan ortiq madrasa mudarrisi maosh olmagan. Maoshsiz dars o‘tgan o‘qituvchining dars sifati ham ushbu madrasa faoliyati ham albatta qoniqarsiz bo‘lgan. Ular asosan yuqorida aytganimizdek xomiylar va ehsonlar hisobidan kun kechirishgan.

34 ta madrasadagi 1228 ta talabaga dars bergan 43 ta mudarrislar 6650 rubl' maosh olgan, bu raqamlarni o‘rtacha olish qiyin, madrasalar vaqf daromadlari orasida farq ulkan bo‘lgan. Mudarrislar juda kam kafolatlangan maosh evaziga talabalarga tahsil bergan.

Eng yuqori darajadagi madrasa mudarrisi bir yilda hozirgi qiymatda taxminan 2.800.000-3.000.000 so‘m har oy maosh olgan. Eng kam maosh bir yilda 500.000 so‘m atrofida bo‘lgan .

Слайд 19

Talabalar ta'lim olishi va yashashi uchun joy, mablag‘ va turli rag‘batlar tashkil

Talabalar ta'lim olishi va yashashi uchun joy, mablag‘ va turli rag‘batlar tashkil
etilgan.

talabalarga beriladigan har bir hujraga eng kam nafaqa puli 2 rublni
(100000-110000 so‘m bir yilga, Samarqanddagi Mirzo Po‘lat madrasasida)

eng ko‘pi 70 rublni (3.600.000-3.800.000 so‘m bir yilga, Shohi Zinda
madrasasida) tashkil etgan.

Samarqand viloyatida 1892-1893 o‘quv yillarida 1872 talabalardan, 609
nafari (30 % dan ko‘pi) nafaqasiz o‘qigan .

O‘rtacha viloyat madrasalardagi talabalar nafaqasi bir yilda yuqori
bosqichda 60 rubl, quyi bosqichda 15 rubl berilgan . Bu ham so‘zsiz talabalar
bilim olishiga salbiy ta'sir o‘tkazgan.

Samarqand madrasalari talabalari quyidagi yashash manbalariga ega bo‘lgan:
1) vaqf daromadi ; 2) o‘zining o‘qituvchilik va hattotlik faoliyati ;
3) ota-onasining mol-mulki ; 4) homiylik hisobidan kun kechirishgan.

Samarqand viloyatidagi 58 ta madrasadan 36 tasiga XIX asrda asos solingan.
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, yana 10 ta madrasaga asos solingan .
Viloyatdagi 6 ta madrasaga hukmdorlar asos solgan bo‘lsa, 14 ta madrasa xon va
Amirlarning yaqinlari, mulozimlari, 38 ta madrasaga eshonlar va ta'minlangan
boylar asos solgan. Samarqanddagi Bibixonim va Ruxobod madrasalari
(Samarqand zabt etilgach kazarma va gospitalga aylantirilgan)vayrona holga
kelgan. Bu madrasa vaqf mulki davlat hissobiga o‘tkazilgan.

Слайд 20

Vaqf mulklaridagi muammolar madrasalarning binolariga salbiy ta'sir qilgan. Bu davrga kelib viloyat

Vaqf mulklaridagi muammolar madrasalarning binolariga salbiy ta'sir qilgan. Bu davrga kelib viloyat
madrasalarining aksariyatining binosi ayanchli ahvolda bo‘lgan.

Samarqanddagi eng katta va eng ta'minlangan Mirzo Ulug‘bek madrasasining binosi mutlaqo qoniqarsiz va ishonchsiz ahvolga tushib qolgan .

1880 yilda Samarqanddagi ikki Mirzo Ulug‘bek va Shohi Zinda madrasalari ta'miri uchun 3643 rubl 55 kopeyka ajratilgan. Ta'mir jarayonida Bibixonim madrasasi xarobalaridagi qurilish materiallaridan foydalanilgan.

1892-1893 yillardagi m'lumotlarga ko‘ra 58 ta madrasaning 40 tasi shaharlarda va 18 tasi uezd hududlarida joylashgan edi.

Самарқанд шаҳрида 25 та мадраса, Самарқанд уездида 4 та мадраса, Хўжанд шаҳрида 12 та мадраса, Хўжанд уездида 12 та мадраса, Каттақўрғон шаҳрида 1 та мадраса, Каттакўрғон уездида 1 та мадраса, Жиззах шаҳрида 2 та мадраса ва Жиззах уездида 1 та мадраса фаолият кўрсатган.

Samarqand viloyatida 23 ta madrasa pishiq g‘ishtdan, 8 ta madrasa yarmi xom yarmi pishiq g‘ishtdan, 32 ta madrasa xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lgan. Samarqanddaga 14 ta madrasa binosi umuman talabga javob bermagan.

Arxiv hujjatlariga ko‘ra viloyat bo‘yicha sanoqli madrasalarning binolarigina qoniqarli bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligida vaqf daromadi bo‘lsada bu ta'mir ishlariga yetmagan.

Слайд 21

Madrasalarda islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan birga dunyoviy fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilgan.

Madrasalarda islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan birga dunyoviy fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilgan.
Dastlab o‘qitish jarayoni “imlo” usulida olib borilgan bo‘lsa, X asrdan boshlab madrasalarda “tadris” (sharh, izoh, tafsir) usulidan foydalanilgan.

Amirlik davrida olimlar yasavuli o‘quv mavsumi boshlanish vaqti kelganda hukmdorlarga arznoma yozgan va o‘qishning boshlanishiga ruxsat so‘ragan.

Ta'lim muddati 22-24 sentyabrdan boshlanib, oktyabr, noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart, aprel' va may oylarida – 7-8 oy davom etgan. Ba'zi hollarda oktyabrda ham o‘qish boshlangan.

Bahor boshlanishi bilan rasmiy o‘qishlar to‘xtatilib, kech kuzgacha mudarrislar va talabalar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdogarlik bilan mashg‘ul bo‘lishgan.

Ta'lim olish bilan asosan qish faslida, “bo‘sh vaqtlarda” shug‘ullanishgan. Madrasa mudarrislari ham talabalar ham asosan o‘qishdan tashqari kun-kechirish uchun kasb-kor bilan shug‘ullanishgan

Слайд 22

Samarqand viloyatida ham butun o‘lka madrasalari singari haftaning to‘rt kunida shanba, yakshanba,

Samarqand viloyatida ham butun o‘lka madrasalari singari haftaning to‘rt kunida shanba, yakshanba,
dushanba va seshanba kunlari dars mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

Haftaning qolgan kunlari mustaqil ta'lim kunlari uchun ajratilgan bo‘lib, berilgan topshiriqlar bajarilgan va takrorlanilgan.

Juma kuni musulmonlar uchun odatiy dam olish kuni bo‘lganligi uchun madrasalarda dars bo‘lmagan.

To‘rt kun bevosita ta'lim mudarrislardan olingan, ikki kunda mustaqil ravishda shug‘ullanishgan, keyingi darslarga tayyorgarlik ko‘rilgan.

Dars ramazon oyida, hayit kunlarida (taxminan ikki hafta) va ta'til davomida o‘tilmagan. May oyining oxiri iyun oyining boshlaridan, sentyabr' oyi o‘rtalari oktyabr' boshigacha ta'til vaqti hisoblangan .

Yil 365 kun bo‘lsa, madrasada o‘quv jarayoni taxminan 30 hafta, dars jarayonlari taxminan 180 kunga yaqin davom etgan desak bo‘ladi.

Talabalar ham doimiy nazoratda bo‘lib, shariatga xilof ishlar qilsa, axloqsizlik qilsa yoki sababsiz 70 kun dars qoldirsa madrasadan chetlashtirilgan.

Madrasalarda ta'lim uch bosqichda, ya'ni adno (quyi), avsat (o‘rta) va a'lo (yoki oliy) tartibda olib borilgan.

Rus bosqiniga qadar bosqichlardagi o‘qishning aniq muddati belgilanmagan. Talabalar bo‘limlarda belgilangan kitoblarni o‘qib, mudarrisga imtihon topshirgach, keyingi bosqichga o‘tganlar.

Слайд 23

Markaziy shaharlardagi o‘quv bosqichlarini tugatganligi sinovi maxsus imtihon komissiyasi (amirlik davridagi udumga

Markaziy shaharlardagi o‘quv bosqichlarini tugatganligi sinovi maxsus imtihon komissiyasi (amirlik davridagi udumga
ko‘ra komissiya tarkibiga mudarris va mutavallidan tashqari, a'lamlar, qozikalon, madrasa joylashgan hudud beklari ham ishtirok etishgan) tomonidan o‘tkazilgan. Odatda talabalar har bir bosqichda 3-4 yil tahsil olganlar faqat birinchi bosqichda 8-10 yil o‘qishgan .

Madrasalarga maktabni bitirgan yoki biror ustoz qo‘lida ta'lim olgan o‘quvchilar qabul qilingan. Ushbu dargohlarda o‘ziga xos bo‘lgan madrasa ichki qoidalari asosidagi qabul imtihonlari ham bo‘lgan

Madrasalarda hujralarda doimiy yashovchi talabalardan tashqari ijarada yoki o‘z uyidan qatnab tahsil oluvchi talabalar ham ko‘p bo‘lgan.

Arab tili va grammatikasini o‘zlashtirish qiyin bo‘lganligi bois adno bosqichida o‘quv muddati anchayin cho‘zilgan.

Rossiya imperiyasi hukmronligi o‘rnatilgach, ta'lim muddatini qatiy belgilandi bunga ko‘ra keyinchalik Adno – boshlang‘ich ta'lim ko‘pi bilan 7 yillik, avsat – o‘rta ta'lim 7 yillik (ko‘pi bilan) va a'lo – oliy ta'lim 7 yillik (ko‘pi bilan) bo‘lgan.

Madrasalardagi ta'lim ko‘pi bilan 21 yil davom etgan. Madrasalardagi bo‘limlarda uzoq muddat tahsil olinganligi madrasalardagi o‘quv jarayonining tashkillashtirilishi va uslublariga (metodlarga) bog‘liq bo‘lgan.

Слайд 24

O’rganilayotgan davrda Samarqand madrasalardagi o‘quv fanlarini o‘qitish o‘rta asrlarning rivojlangan davridan deyarli

O’rganilayotgan davrda Samarqand madrasalardagi o‘quv fanlarini o‘qitish o‘rta asrlarning rivojlangan davridan deyarli
farq qilmagan.

Har bir bo‘limda (adno, avsat, a'lo) fanlarni o‘qitish soddadan murakkabga qarab borgan.

1.Shariat,
2. Arab tili filologiyasi
3.Xikmat.

Madrasalarda ta'lim jarayoni asosan uch yo‘nalishda (blokda) olib borilgan.

Dastlab talabalar arab tilini o‘rganishgan.

Birinchi bo‘limda talaba fors va arab tillarida qisqacha islom qonunlari, arab grammatikasini o‘zlashtirgan.

Birinchi bo‘lib, umumiy kurs “Avvali ilm” o‘qitilgan. Bu kitob talabalarga bir necha kunlarda yodlattirilgan.

Undan keyin arab tili grammatikasi va morfologiyasi bo‘yicha fors tilida yozilgan “Bidon” o‘qitilgan.

Иккинчи йили араб тили морфологияси бўйича араб тилида ёзилган “Занжоний”, форс тилидаги “Муиззий” китоблари ўқитилган. Бу бошланғич, мактаблардаги дарсларини такрорлаш эди.

Uchinchi yildan boshlab arab tili grammatikasi chuqur o‘zlashtirilgan. arab gramatikasini o‘rtacha 2-4 yil oralig‘ida o‘rganishgan .

Arab grammatikasi o‘zlashtirilgach, ham adno bosqichida ta'limni davom ettirib, fiqhi-qadimi, muxtasar ul-viqoya kabi kitoblarni o‘qishgan.

Слайд 25

Madrasa darslarini tamomlagan talabalarga.

Qur'on tafsiri, payg‘ambar hadislari, fiqxi islomiydan dars berishga ijozat

Madrasa darslarini tamomlagan talabalarga. Qur'on tafsiri, payg‘ambar hadislari, fiqxi islomiydan dars berishga
berilgan

Madrasalarni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga maxsus guvohnomalar berilgan.

Ushbu guvohnomalar madrasalarning nufuzi va obro‘siga qarab qadrlangan va keyinchalik talabalarning ishga joylashuvida ham hisobga olingan.

Yirik, katta madrasalarni bitirganlar uchun yuqori lavozimlarda ishlash imkoniyati bo‘lgan.

Kichik yoki uezd hududlardagi madrasa bitiruvchilari asosan o‘qituvchilik qilishgan.

Biz buni hisobga olib o‘rganilayotgan davrda viloyat madrasalarini asosan ikki guruhga ajratish to‘g‘ri degan qarorga keldik.

Markaziy shaharlardagi davlat amaldorlari, madrasa mudarrislari

maktab o‘qituvchilari, masjid imomlari tayyorlaydigan madrasalar.

Rossiya imperiyasi amaldorlari tomonidan 1899 yil sentyabr oyida barcha bosh muddarislarga maxsus ko‘rsatma berilgan . endilikda madrasa talabalari, mudarris va xizmatchilar imperatorni va uning oila a'zolari nomlarini bilishlari shart qilib qo‘yilgan.

manbalarda madrasalar soni nomutanosib bo‘lib, misol uchun 1913 yildagi ma'lumotga ko‘ra, Samarqand viloyatida 94 ta madrasa faoliyat ko‘rsatganligi keltiriladi.(aksariyat hujjatlarda 58 yozilgan) Ularda 2205 nafar talabalar tahsil olgan . Viloyatda 519 893 nafar erkak musulmon aholi istiqomat qilganligini hisobga oladigan bo‘lsak , taxminan viloyatd aholisining 0.7% gina madrasada tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shubhasiz ta'lim olmoqchi bo‘lganlar soni bir necha barobar ko‘p bo‘lgan.

Слайд 26

2 bob bo‘yicha
Musulmon dunyosida nufuz topgan Samarqand madrasalarining mustamlaka sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy holati

2 bob bo‘yicha Musulmon dunyosida nufuz topgan Samarqand madrasalarining mustamlaka sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy
va davlat siyosatining mohiyati, jumladan, madrasalarni boshqarishda “maxsus yo‘riqnomalar”ning ishlab chiqilishi (“bosh mudarris” faoliyati, inspeksiya nazorati va b.) va buning natijasi ayrim tartiblarni o‘rnatilishi bilan kechganligi, shuningdek, hukumatning vaqf mulkiga oid siyosati natijasi esa, mudarris va talabalar ijtimoiy hamda moddiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan holatlari aniqlangan;

Слайд 27

Rus ta'lim dargohlarida ham muammolar ko‘p bo‘lgan. Ushbu ta'lim dargohlarining moliyalashtirish masalalari

Rus ta'lim dargohlarida ham muammolar ko‘p bo‘lgan. Ushbu ta'lim dargohlarining moliyalashtirish masalalari
harbiy ma'muriyatning aralashuvi bilan amalga oshirilgan. Turkiston o‘lkasida ta'lim siyosatining muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy sabablaridan biri o‘quv muasasalarini yetarli darajada va vaqtida hukumat tomonidan moliyalashtirilmaganligida edi. Chunki hukumat to‘liq moliyalashtirish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmagan. Ko‘pincha ta'lim muasasalarining moliyaviy ehtiyojini qondirish turli sabablarga ko‘ra rad etilgan yoki kechiktirilgan. Natijada ushbu xarajatlar o‘lkaning mahalliy mablag‘lari hissobidan undirilar, amalda harbiy vazirlikka xarajatlar smetasi kiritilar yoki bevosita o‘lka aholisi zimmasiga yuklanardi.

Слайд 28

Samarqandda dastlabki rus maktabi 1870 yil 14 yanvarda ochildi. Maktab tashkil etish

Samarqandda dastlabki rus maktabi 1870 yil 14 yanvarda ochildi. Maktab tashkil etish
uchun 900 rubl' ajratilgan. Zarafshon okrugi generel K. Abramovning buyrug‘iga asosan, mahalliy til va yozuvni yaxshi bilgan kapitan Greben 1870 yil 24 martda rus ma'muriyatining ana shu o‘quv yurtidagi alohida vakili etib tayinlandi. Maktabda 20-30 ta o‘quvchi bo‘lib, maktabning o‘quv jarayonida rus tilini o‘rganishdan tashqari bolalarga hunar va qishloq xo‘jalik ishlarini o‘rgatish ham ko‘zda tutilgan edi. Buning uchun kichkina xo‘jalik fermasi tashkil qilindi va yer uchastkasi ajratib berildi. 1876 yili bu maktabda 111 ta o‘quvchi bo‘lib, ular orasida turli millat vakillari, jumladan, o‘zbeklar, tojiklar, yahudiylar va hindlar bo‘lgan. 1874 yili Samarqandga xizmat safariga yuborilgan Toshkent o‘quv rahbariyati vakilining hisobotiga ko‘ra, mazkur maktabda musulmon qonunshunosligi o‘qitiladigan alohida sinf mavjud bo‘lgan. Samarqand maktabida rus va mahalliy maktab xususiyatlari mujassamlashgan edi. Biz bu maktabni keyinchalik ochilgan rus-tuzem nomi bilan ommalashgan maktabining dastlabkisi deb olsak bo‘ladi. Aynan Abramov dastlabki yillardanoq maktab ta'limining shunday ko‘rinishi asosida olib borishga harakat qilganligi ma'lum bo‘lmoqda. 1879 yilda bu maktab o‘g‘il bolalar va qizlar maktablariga ajratildi. 1882–1883 o‘quv yilida bu maktablar uch sinfli o‘g‘il bolalar va qizlar bilim yurtiga aylantiriladi.

Слайд 29

1872 yil 31 mayda Shahar bilim yurtlarini tashkil etish nizomi chiqariladi. Bu

1872 yil 31 mayda Shahar bilim yurtlarini tashkil etish nizomi chiqariladi. Bu
yerda ziyoli va nisbatan ta'minlangan aholi farzandlari ta'lim olishlari nazarda tutilgan edi. Ularning maqsadi rus va mahalliy aholi ichidan hukumat idoralariga xizmat qiluvchi vakillarni tarbiyalash bo‘lgan. 1873 yilda “Uezd maktablari o‘quv dasturi” tasdiqlangach, ta'lim muassasalarida dunyoviy darslar ko‘paygan. Bu dargohlarda o‘qish muddati 4 yil davom etgan. Faqat keyinchalik o‘qituvchilik qilmoqchi bo‘lganlar 5 yil ta'lim olgan va beshinchi yil amaliyot o‘tagan. Demak 1873 yilgacha rus ta'lim tizimida ham diniy ilmlar yetakchilik qilgan, ammo bu dasturda ham dunyoviy fanlar kiritilgan bo‘lsada, diniy fanlarning yetakchi bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
1878 yil 5 iyuldagi o‘lka o‘quv ishlari inspektorining hisobotida Samarqanddagi rus o‘quv yurtlari holati xalq ta'limi boshqarmasi talablariga javob bermasligi ta'kidlanadi. Buning asosiy sababi, bu turli xildagi maktablarga mahalliy aholining ishonchsizligi va ulardagi ta'lim jarayonining samarasizligi bo‘lgan.

Слайд 30

1899 yil 1 iyuldan boshlab Samarqanddagi Marian xotin-qizlar bilim yurti gimnaziyaga aylantiriladi.

1899 yil 1 iyuldan boshlab Samarqanddagi Marian xotin-qizlar bilim yurti gimnaziyaga aylantiriladi.
Gimnaziyalarda o‘qish pullik bo‘lib, bir yilda o‘quvchilardan 40-60 rublgacha olingan. 1905 yili Samarqand qizlar gimnaziyasi Abramov bul'varida qad ko‘targan yangi binoga ko‘chirilgan. Ma'lumotlar, davlat manfaatlariga zid fikrlar yozilgan kitoblarni aniqlash va o‘qituvchilarning mafkuraviy dunyoqarashini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan. Imperiya hududida ta'lim berish bilan shug‘ullanishning o‘ziga xos talablari, shartlari va tartib-qoidalari bo‘lgan. Ushbu qoidalarga munosib bo‘lmagan va muvofiq kelmagan o‘qituvchi ish topa olmagan yoki hujjati bo‘lmagan kishini ishga qabul qilgan ma'muriyat vakili, ya'ni ish beruvchi qonun oldida javobgar bo‘lgan.
1899 yilda Samarqandda A.S. Pushkin nomli shahar diniy bilim yurti (72 nafar o‘quvchisi bor edi) ochiladi. Samarqandda erkaklar gimnaziyasi ham faoliyat ko‘rsatgan. 1913 yildagi taftish natijalariga ko‘ra, Samarqanddagi erkaklar gimnaziyasining ahvoli talabga javob bermagan. Gimnaziya eski, tor va noqulay binoda joylashgan. Bu o‘quvchilar soniga salbiy ta'sir qilgan. Samarqand erkaklar gimnaziyasida bir yilda har bir o‘quvchiga o‘rtacha 186 rubl' 71 kopeeyk sarflangan. Shundan 50 rubli o‘quvchining o‘zidan, qolgani davlat hisobidan sarflangan. Gimnaziyalar qoshida o‘quvchilarni jazolash uchun maxsus karserlar bo‘lgan. Gimnaziyalar faoliyati davomida o‘quvchilarning bir necha marotaba o‘z joniga qasd qilish holatlari uchragan. Demak rus ta'lim tizimidagi jazo turlari mahalliy maktablardagidan bir necha barobar qattiq bo‘lgan.

Слайд 31

Samarqand viloyatida xususiy rus ta'lim dargohlari ham faoliyat ko‘rsatib, ularda rus bilim

Samarqand viloyatida xususiy rus ta'lim dargohlari ham faoliyat ko‘rsatib, ularda rus bilim
yurtini imtihon topshirib bitirganlargagina dars o‘tishga ruxsat berilgan. Bu yerda asosan rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari rus tilidan dars bergan. Xususiy ta'lim berishni istagan shaxs hokim yoki inspektor nomiga yozma ariza bilan murojat qilishi an'anaga kiritilgan. Ruxsat olgan mutaxassis xususiy dars berish, maktab ochish huquqi yoki imkoniyatiga ega bo‘lgan. Arxiv hujjatlariga ko‘ra “Uy o‘qituvchisi” guvohnomasini olganlar Samarqandda bir qancha xususiy maktabni o‘z uyida yoki birovning uyida ijarachi sifatida ochishgan. Bunda maktabdor shaxs inspektorga maktabi joylashgan uyning manzili haqida ma'lumot taqdim etishi talab qilingan. Xususiy rus maktablari ko‘pincha harbiylarning, mahalliy ma'muriyatda mas'ul lavozimlarda ishlagan mashhur shaxslarning turmush o‘rtog‘i, qizi va boshqa yaqinlari tomonidan ochilgan. Bu maktablar muntazam va uzoq faoliyat ko‘rsata olmagan. Harbiylar va mas'ul shaxslarning tez-tez boshqa joyga jo‘natilib turilishi ayrim hududlardagi maktablar faoliyatining to‘xtab qolishiga yoki tugatilishiga olib kelgan. Ushbu holat ham ta'lim tizimining rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan omillardan biri hisoblangan. Shunga qaramay, tegishli diplomga ega mutaxassisning uy o‘qituvchisi lavozimida xususiy maktab tashkil etishi mumkinligi bo‘yicha alohida qonunning mavjudligi o‘sha davr uchun ancha ilg‘or hodisa sanaladi.

Слайд 32

Bu davrda yetuk bilimli, sanoat, temir yo‘l ishlarini biluvchi ishchilarga talab ortadi.

Bu davrda yetuk bilimli, sanoat, temir yo‘l ishlarini biluvchi ishchilarga talab ortadi.
Natijada hunar ta'limiga ham e'tibor beriladi. 1898 yilda Samarqandda 2 yillik erkaklar (68 ta o‘quvchi) va qizlar (49 ta tinglovchi) temir yo‘l o‘quv yurti ochiladi. Ruscha muomala qilishni o‘rganib olishgach, talabalar, rus tilida ariza, telegramma va boshqa xatlarni pul evaziga yozib berganlar. Maktabni bitirganlar ma'muriy idoralarda, banklarda, polisiya nazoratlarida ishlashgan, rus savdogarlari bilan yaqin aloqa o‘rnatishgan.
Umuman Turkistonda rus ta'lim muassasalari soni hududiy jihatdan nomutanosib taqsimlangan. Butun o‘lkadagi rus o‘quv yurtlarining 71,6 foiz va o‘quvchilarning 77,6 foizi Sirdaryo viloyatida, 11,9 foiz o‘quv yurtlar va 11,4 foiz o‘quvchilar Samarqand viloyatida, 15 foiz o‘quv yurtlari va 33,2 foiz o‘quvchilar Toshkentda, eng kam qismi Farg‘ona viloyatida joylashgan. Bu albatta hududlardagi rus aholining soni va mahalliy aholining rus ta'lim dargohlariga munosabatidan kelib chiqqan edi. Turkistonda 1909 yildagi ma'lumotlarga ko‘ra, rus o‘quv yurtlarida 30,6 foiz qizlar va 69,4 foiz o‘g‘il bolalar ta'lim olishgan.
Samarqand viloyatidagi rus ta'lim muassasalarining 1911 yildagi, 1914 yildagi, 1915 yildagi va 1916 yildagi holatini solishtirganda bu ta'lim dargohlardagi o‘quvchilar soni ba'zida kamayganini ba'zida ortib borganini ko‘rish mumkin. Bu maktablarda musulmon aholisi vakillari soni avvalgi yillarga nisbatan ko‘paygan bo‘lsada, lekin aholi soni jihatidan ko‘p bo‘lmagan.

Слайд 33

Turkiston general gubernatori N.O. Rozenbax (1835/36 – 1901) mahalliy xalq farzandlari uchun

Turkiston general gubernatori N.O. Rozenbax (1835/36 – 1901) mahalliy xalq farzandlari uchun
ruscha boshlang‘ich maktablar faoliyatini tashkil qilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, mahalliy xalq orasidan hukumat uchun tarjimon va mutaxassislarni tayorlashdan iborat bo‘lgan. Bu maktablarda rus tilini o‘qitish uslubi 1884 – 1897 yillarda tarjima usulida va 1897 – 1917 yillar davomida ko‘rsatmali uslubda olib borilgan.
1887 – 1895 yillarda ushbu maktablarga mahalliy aholining qiziqishlari past bo‘lib, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan. Buning sababi, dastlab rus-tuzem maktablari rus tilini o‘rganishga ehtiyoj bo‘lmagan chekka hududlarda ochilgan. Dastlabki vaqtlarda rus tilini bor yo‘g‘i 2 soat, unda ham tarjima usulida o‘rganishga qaratilgan. Mahalliy aholiga moslashtirilgan darsliklar kam bo‘lganligi va arifmetikani o‘rgatishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan (mahalliy aholi dastlab asosan matematikani o‘rganish uchun rus-tuzem maktablariga borgan. – M.S.). Mahalliy xalq o‘z farzandlarini tarjimon sifatida ishlashlariga ham qarshi bo‘lishgan. Ular bu kasbga past nazar bilan qarashgan.

Слайд 34

1886 yilgacha Turkistonda 22 ta rus-tuzem maktablari faoliyat ko‘rsatib, ulardan sakkiztasi Sirdaryo

1886 yilgacha Turkistonda 22 ta rus-tuzem maktablari faoliyat ko‘rsatib, ulardan sakkiztasi Sirdaryo
viloyatida, 1 tasi Toshkent shahrida, 7 tasi qishloq va ovullarda, 5 tasi Farg‘ona viloyatining eski Marg‘ilon shahrida, Andijon, O‘sh, Qo‘qon, Namangan kabi dahalarida, 1 tasi Samarqand viloyatinig Jizzax shahrida joylashtirilgan.
1887 yilda Samarqand rus-tuzem maktabi huzurida kechki kurslar ochiladi. Bu kurslarga asosan til bilish zaruratga aylangan savdogarlar qatnashgan. Rus tilini o‘rgatish bo‘yicha kechki kurslar asta-sekin barcha rus-tuzem maktablarida tashkil etildi.
1892 yilga kelib Sirdaryo viloyat xalq o‘quv yurtlari inspektori S.M. Grameniskiy rus-tuzem maktablaridagi o‘qitish usullarini isloh qilishga harakat qiladi. U N. Il'minskining maktablarda o‘qitishdagi turkiy so‘zlarni ruscha transkripsiyada berishga asoslangan tarjima metodining mahalliy xalqga to‘g‘ri kelmasligini ta'kidlaydi.
Bu maktablar kutilgan natija bermagach, 1895 yilda barcha rus-tuzem maktablari uchun yagona dars jadvali tuziladi. Unga ko‘ra kuniga to‘rt soatdan dars o‘tilgan, mashg‘ulotlar soat ertalab 9 dan boshlanib, kunduzi 13:30da tugagan. Rus-tuzem maktablarida o‘qish kuni ikkiga bo‘lingan. Birinchi 2 soatda rus tili, grammatikasi, o‘qish va arifmetikadan rus o‘qituvchisi darslarni o‘tgan. Keyingi 2 soatda esa arab grammatikasi, islom asoslarini musulmon o‘qituvchisi o‘tgan.
Ta'lim muddati 1 sentyabrdan boshlanib, 20 mayga qadar davom etgan. 1898 yildan boshlab F.M. Kerenskiy topshirig‘i binoan S. Grameniskiy ushbu maktablari uchun maxsus birinchi “Pervaya kniga dlya chteniya”, “Vtoraya kniga dlya chteniya”, “Tret'ya kniga dlya chteniya” darsliklarini nashr qiladi. Bu darsliklar asosida rus-tuzem maktablarida dastur joriy qilinadi. To‘rt yillik ta'lim tugagach, maktabni bitiruv imtihoni ham o‘tkazilgan.
Lekin, rus-tuzem maktablarining mahalliy guruhlari uchun darsliklar masalasi muammoligicha qolgan. Faqatgina 1902 yilga Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” alifbo darsligi nashr ettirilgan. Albatta bu shunchaki tasodif emas, balki rus hukumatining puxta o‘ylagan rejasi edi.
Hukumat, hatto rus ziyolilari ham mahalliy aholini ma'naviyat va ma'rifatdan yiroq tutish lozim deb hisoblagan. Rus-tuzem maktablari mustamlaka mohiyatini ko‘zlab shakllantirilganligini rus ma'murlari ham tan olishgan.

Слайд 35

Islohotlar natijasida Samarqand viloyatida ham rus-tuzem maktablari soni ortgan. Masalan, 1896 yili

Islohotlar natijasida Samarqand viloyatida ham rus-tuzem maktablari soni ortgan. Masalan, 1896 yili
Samarqand shahrida 4 ta, Kattaqo‘rg‘onda 2 ta, Jizzaxda 1 ta rus-tuzem maktabi faoliyat olib borgan bo‘lsa, 1908 yilgi statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida 15 ta maktabda o‘rtacha 13 tadan jami 273 o‘quvchi ta'lim olgan. Shunga qaramay, Samarqand viloyatidagi bu ko‘rsatkich o‘lkaning boshqa viloyatlariga qaraganda eng past bo‘lgan.
Arxiv hujjatlarida Samarqand viloyatidagi rus-tuzem maktablarining soni, ulardagi o‘quvchilar haqida doimiy tarzda ma'lumotlar keltirilgan. 1914 yildagi ma'lumot asosida rus-tuzem maktablaridagi o‘quvchilarni aholi soniga nisbatan ko‘rsatkichi aniqlandi. Unga ko‘ra, viloyatda 519893ta erkak va 444587 ta ayol jami 964480 nafar musulmon aholisi bo‘lgan. Agar faqat o‘g‘il bolalar rus-tuzem maktabiga borganligi hisobga olinsa, aholining 0,1 foizi rus-tuzem maktablariga, 0,05 foiz shu maktablar qoshidagi kechki kurslarga qatnashgan. Bu albatta juda oz bo‘lib qanchalik harakat qilinmasin aholi o‘rtasida rus-tuzem maktablariga nisbatan ishonch va qiziqish ortmagan. Samarqand shahrida yahudiylar 6408 nafar erkak 5822 nafar ayol jami 12230 nafarni tashkil qilgan holda, ularning 0,6 foizi kunduzgi maktablarga, 0,6 foizi kechki kurslarga qatnagan.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya imperiyasi hukumati har qancha harakat qilmasin rus-tuzem maktablari mahalliy xalq hayotiga singib ketmadi. Keyinchalik yangi usul maktablari faoliyati bilan unga bo‘lgan ehtiyoj ham tugadi. Buning asosiy sababi bu maktablarning mahalliy aholi tili, dini, boy madaniyati va tarixini yo‘qotishga qaratilganligida edi. Bu maktablarda zamonaviy fanlarni o‘qitilishini ham tan olgan holda, ularning eng katta kamchiligi mustamlaka ruhida bo‘lganligini aytish mumkin.
Samarqandda rus o‘quv yurtlari boshqa viloyatlarga qaraganda sal kechroq ochilgan. Buning sababi, avvalo Samarqand hududi keyinroq imperiya hududiga qo‘shib olinishi va rus ma'murlari hamda xizmatchilarining kelib muqim yashashi ham sekin sodir bo‘lganligida edi. Ta'lim muassasalarining bir-biridan uzoq joylashganligi o‘quv faoliyatini nazorat qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqargan.

Слайд 36

Behbudiy shunday yozadi: ”Hukumat maktablarig‘a xalqni adam muhabbatini sababi mazkur maktablarg‘a dini

Behbudiy shunday yozadi: ”Hukumat maktablarig‘a xalqni adam muhabbatini sababi mazkur maktablarg‘a dini
islom va adabiyoti islomiya muallimlari yo‘qligidur. Mazkur maktablarg‘a dini islom va lisoni mahalliya muallimlari tayin bo‘lsa, albatta aholi mayl etar”. Alloma rus ta'lim dargohlarini isloh qilinishining tarafdori bo‘lgan.
Samarqand viloyatida imperiya hukumati tomonidan tashkil etilgan rus ta'lim dargohlarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi (ruslashtirish, xo‘jalik sohalari va b.) o‘rni hamda ularning mahalliy aholi hayotida jumladan, til, g‘arb madaniyatining yoyilishi singari ijobiy omillari bilan birgalikda, imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi “kadrlar” siyosatiga qaratilgan ayrim salbiy omillari yoritib berilgan;

Слайд 37

XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasining turkiy xalqlari musulmon maktabalarida islohotlarni jadallashtirdilar.

XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasining turkiy xalqlari musulmon maktabalarida islohotlarni jadallashtirdilar.
Turkiston o‘lkasida esa ta'limdagi islohotlar kech va ancha sust kechayotgan edi. Jadidchilik harakati O‘rta Osiyoga Qrim, Kavkaz va Volgabo‘yi turkiy tilli xalqlar ziyolilari ta'sirida kirib keldi. Bu hududlar O‘rta Osiyoga nisbatan ancha oldin Rossiya tarkibiga kirgan bo‘lib, aholisiga rus va Yevropa madaniyati ta'siri Turkiston aholisiga nisbatan ancha oldin singib borgan. Turkistondan tashqarida musulmon davlatlarida ta'limda kechayotgan islohotlar mintaqa hayoti va maktablari faoliyatiga ta'sir etmay qolmadi. Xususan, Turkistondagi jadidchilik oqimi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy ehtiyoj natijasida vujudga keldi. O‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Imperiya hukumatining ruslashtirish siyosati mahalliy ziyolilarning o‘z xalqi manfaatlari uchun kurashini kuchaytiradi. Ular Rossiya va Yevropa xalqlarining harbiy va sanoat sohasidagi yutuqlari va madaniy taraqqiyoti sabablarini ta'limni rivojlantirishda ekanligini angladilar. Shu sababli an'anaviy ta'lim sohasini isloh qilish jadidchilik harakatining bosh maqsadi bo‘lgan.

Слайд 38

Imperiya ma'muriyati graf K.K. Palen (1861 – 1923) taftishigacha jadid maktablariga katta

Imperiya ma'muriyati graf K.K. Palen (1861 – 1923) taftishigacha jadid maktablariga katta
e'tibor berishmagan. Bu maktablarni o‘rgangan K.I. Palen shunday ma'lumot beradi: “Bu maktablarning dasturlari ko‘pincha musulmonlarning 1905 – 1906 yillardagi s'ezdlari programmasidan kelib chiqqan. Maktab o‘qituvchilari asosan tatarlardir. Darslik va adabiyotlar asosan Qozon va Istanbulda nashr qilingan. Ta'limning asosi o‘quvchiga islomning buyukligini uqtirish, ularni qalblarida musulmonlarning birlashish va yuksalish g‘oyalarini uyg‘otishdir. Hozirgi kunda bunday maktablar Turkistonda juda ko‘p. Ammo, ko‘pchiligi hukumat tomonidan ro‘yxatga olinmaganligi sababli, ularning sonini aniq aytish imkonsizdir. Taftish davrida shunday maktablardan Toshkentda 12 tasi, Qo‘qonda 14 tasi, Andijonda 5 tasi, Samarqandda 4 tasi tekshirildi. Aholi bunday maktablarga bolalarini katta qiziqish bilan berayapti. Masalan, Samarqandning 4 ta yangi usul maktabida 200 dan ortiq bola, Andijondagi 5 ta shunday maktabda 230 bola o‘qimoqda”.
Yangi usul maktabida xat-savod bolalarning ona tilida tovush usuli – usuli savtiyaga o‘rgatilgan. Maktablar asosan 1-4 sinfdan iborat boshlang‘ich maktablar bo‘lgan. 1913-14 o‘quv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1-bosqichi tahziriy (boshlang‘ich) sinflar, 2-bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M.Abdurashidxonovning namuna maktabi, A. Shakuriyning Samarqanddagi va A.Ibodievnint Qo‘qondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5-6-sinf) ham ish boshlaganligi sohani jadallashtirish sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.

Слайд 39

Ta'kidlash joizki, yangi usul maktablari uchun maxsus binolar qurilmagan. Ular xususiy bo‘lib,

Ta'kidlash joizki, yangi usul maktablari uchun maxsus binolar qurilmagan. Ular xususiy bo‘lib,
ko‘p hollarda maktab uchun muallimning o‘z uyidan yoki biron bo‘sh turar joy binolaridan hamda ba'zi shaxslarning tashqi hovlilaridan foydalanilgan. Imperiya hukumati amaddorlari bunday maktablar milliy madaniyatning o‘sishiga yordam berishidan cho‘chib, podsho hokimiyati uchun xatarli deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning faoliyatini to‘xtatishga qaratilgan turli tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, 1911 yilda mahalliy millat maktablarida (rus-tuzem maktablaridan tashqari) o‘quvchilar qaysi millatdan bo‘lsa, muallimlar ham shu millatdan bo‘lishlari lozim, degan qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida tatar muallimlari ishdan bo‘shatilib, bir necha o‘nlab yangi usul maktablari yopib qo‘yildi (dastlab butun o‘lka bo‘ylab jadid maktablarida tatar millatiga mansub o‘qituvchilar dars bergan). Yangi usul maktablarining biron joyda rasmiy tasdiqlangan yagona o‘quv rejasi, dasturi bo‘lmagan. Darslar muayyan maktab rahbari va muallimlari tomonidan tuzilgan o‘quv rejasi va darsliklar asosida olib borilgan. Bu rejalar Ismoil G‘aspirali dasturi asosida bo‘lsada, barcha jadid maktablari qat'iy bu rejalarga tayanmagan. Bu esa jadid maktablaridagi eng katta muammolardan biri edi.
Gaspirinskiy dasturi bo‘yicha yangi usul maktablarida quyidagilarga rioya qilinishi lozim edi: 1. Sinfda (maktabda) bolalar soni o‘ttiztadan oshmasin; 2. Bolalarni faqat ikki daf'a - yoz va qish boshlaridagina qabul qilish mumkin;3. Har qabul necha bo‘lishidan qat'i nazar bir sinf bo‘lsin; 4. Har bir muallimda ko‘pi bilan 3-4 sinf bo‘lsin; 5. Agar maktab uch sinfdan iborat bo‘lsa, darslar ketma-ket, ma'lum uyg‘unlikda qo‘yilmog‘i lozim; 6. 7-9 yoshlardagi bola 7-8 soat uzluksiz o‘qiy olmaydi. Uning uchun 5 soat kifoya. Har darsdan so‘ng 10 daqiqa tanaffus lozim;7. Juma va bayram kunlari dam olinadi; 8. O‘n oy o‘qishdan so‘ng yozning issiq kunlarida ta'til bo‘lishi maqsadga muvofiq; 9. Dars zeriktirmasligi lozim. Besh soatda besh soat turli fandan dars boqmoq og‘ir dagildir, lekin besh soat yolg‘iz bir dars ila o‘grashmoq zehnni buzar; 10. Shogirdlari urmiya, so‘kmiya hojat yo‘qdir; 11. Har hafta nihoyatinda shogirda haftalik tazkira verilmalidir. Hafta bo‘yu darslarina diqqatli o‘lub, bildigi ishorat edilib, ofarin yozilmalidir; 12. Maktabning panjaralari (terazalari) buyuk va ichi ziyoli va oydin o‘lmasina bik diqqat emalidir. Sovuq xonada dars vermak, ilm o‘rgatmak og‘ir dagildir, begunoh sibyona jazo vermakdir.."

Слайд 40

Yangi usul maktablariga hukumat hech qanday yordam bermagan. Maktablar bolalarning ota-onalaridan har

Yangi usul maktablariga hukumat hech qanday yordam bermagan. Maktablar bolalarning ota-onalaridan har
oyda olinadigan mablag‘ hisobiga ishlagan, muallimlarga ham shu hisobdan maosh to‘langan. Maktabdorlar fidoyiliklari va ko‘plab jadidlar shaxsiy mablag‘lari hisobidan maktab ishlari ta'minlangan. Jadid maktablarida may oyi oxirlarida ota-onalar va mehmonlar ishtirokida imtihonlar o‘tkazilgan. Imtihonda bolalar Qur'on suralarini yod aytishni, ona tilidan o‘qish va yozishni, hisobdan to‘rt amalni o‘rganganliklarini namoyish qilganlar. Yangi usul maktablari zamonaviy milliy maktablarining ilk bosqichi bo‘lgan. Bu maktablar tajribasi asosida faqat alifbe va o‘qish kitoblarigina emas, ona tilining qonun-qoidalari yoritilgan “Turkiy qoida” va “Imlo” kabi dastlabki o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan.
Samarqandda yangi usul maktablari Abulqodir Shakuriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Hoji Muin, Siddiqiy Ajziy va boshqalar tomonidan tashkil etildi. Samarqand viloyatida o‘quv ishlari mahkamasi 5 ta jadid maktabini ro‘yxatga olgan. Soha inspektori bunday maktablarning Kattaqo‘rg‘onda ham borligini o‘z raportida qayd etgan. Jizzaxda qizlar uchun jadid maktabi ham faoliyat ko‘rsatgan.
Maktablardagi ayrim darsliklarda rus-tuzem maktablarining rus tili, arifmetikaga oid ma'lumotlaridan ham ijodiy foydalanildi.

Слайд 41

Hatto mahalliy rus amaldorlari ham o‘z hisobotlarida Abdushukurov va Jo‘raboev maktabiga imtihon

Hatto mahalliy rus amaldorlari ham o‘z hisobotlarida Abdushukurov va Jo‘raboev maktabiga imtihon
olish paytida viloyat harbiy gubernatori va viloyat o‘quv ishlari inspektori bir necha marta borganligini, bu maktablarda mahalliy maktablar va hatto rus-tuzem maktablariga nisbatan ham o‘quvchilarning bilim olishi va tarbiyasi yaxshiligini ta'kidlashgan.
Mana shu holat yangi usul maktabdorlarining jamoatchilik o‘rtasida obro‘sini oshirgan. Albatta, hukumat jadid maktablari faoliyatini cheklashni istasada, buni amalga oshira olmagan. Buni hisobga olib imperiya ma'murlari ushbu maktablarda rus tilini o‘qitishni asta-sekinlik bilan majbur qilish kerakligini ta'kidlaydilar. Shundagini bu maktab bitiruvchilari hukumatga xayrixoh bo‘lishlari mumkin deb hisoblaganlar.
Ular rus tilini o‘qitishni asta-sekinlik bilan majburiy qilish va maktablarda rus tili o‘qituvchilariga maoshni hukumat berishi taklifini o‘rtaga qo‘yishgan.
Samarqand jadidlari tomonidan “Anjumani maorif” jamiyati tashkil etiladi. Jamiyat shaharda muallimlar tayyorlovchi maktab (dorulmuallimin) ta'sis etilishi yo‘lida harakat qilgan.
Yangi usul maktablari zamon talabi asosida vujudga keldi. Arxiv ma'lumotlari asosida viloyatda 20 dan ortiq nomlari shu vaqtgacha ma'lum bo‘lmagan maktabdorlarning faoliyati haqida ma'lumot aniqlandi.

Слайд 42

Aslida yuqorida aytilganidek bu turdagi maktablar bundan ham ko‘p bo‘lganligi shubhasiz. Rasman

Aslida yuqorida aytilganidek bu turdagi maktablar bundan ham ko‘p bo‘lganligi shubhasiz. Rasman
maktab faoliyatiga ruxsat olish qiyinligi bois, ruxsatsiz faoliyat ko‘rsatgan maktablar ham ko‘p bo‘lgan. Bu maktablar davr ehtiyoji va qadim maktablarning islohoti hosilasi sifatida vujudga keldi. Ushbu maktablarda asosan o‘qitish usuli va zamonaviy dunyoviy fanlarga e'tibor berildi. Bu maktablar milliy va zamonaviy yevropa ta'limining uyg‘unlashgani hosilasi edi. Mavjud rus ta'lim dargohlaridan farqli ravishda milliy tarix va o‘zlikni asrash shakllantirishga xizmat qilgan.
Samarqand viloyatining taraqqiyparvar ziyolilari tomonidan tashkil etilgan 20 dan ortiq yangi usul - jadid maktablari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, ularning o‘zbek, tojik va rus tiliga ixtisoslashgani hamda mazkur maktablar ta'lim usuli va samaradorligining aholi ma'naviy-ma'rifiy hayoti rivojiga ko‘rsatgan ta'siri aniqlangan.

Слайд 43

Samarqand viloyatida tez sur'atlarda ommalashib borgan jadid maktablari aholining ma'naviy-ma'rifiy hayotiga sezilarli

Samarqand viloyatida tez sur'atlarda ommalashib borgan jadid maktablari aholining ma'naviy-ma'rifiy hayotiga sezilarli
ta'sir ko‘rsatgan, jumladan, xalqni ma'rifatli qilish, dunyoqarashini rivojlantirish, ilg‘or yoshlarni shakllantirish singarilarda muhim ahamiyat kasb etdi. Viloyatda yangi usul maktablarining obro‘si kundan-kunga oshib, aholining maorif sohasiga qarashlarini o‘zgartirdi va rus-tuzem maktablari bilan raqobat qila boshladi. Yangi usul maktablari mahalliy aholining rus tili va zamonaviy fanlarga bo‘lgan ehtiyojini qondira olgan. Natijada rus-tuzem maktablariga bo‘lgan ehtiyoj susaygan va mustamlaka hukumati jadid maktablarini doimiy nazorat qilishga va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilishga intilgan. Jadidlarning ma'rifatparvarlik faoliyati, mahalliy xalq ichidan yangicha zamonaviy fikrlovchilarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Mazkur muammoni tadqiq etish jarayonida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ana'anaviy hamda rus ta'lim muassasalari va ularning muammolarini alohida tadqiqot predmeti sifatida tadqiq etish lozim;
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyati maorifi holati va muammolariga oid ma'lumotlarni O‘zbekiston tarixi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalarga kiritish maqsadga muvofiqdir;
Oliy o‘quv yurtlarida tarix mutaxassisligi yo‘nalishlari uchun maxsus kurslar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Имя файла: XIX-asr-ikkinchi-yarmi---XX-asr-boshlarida-samarqand-viloyati-maorifi-holati-va-muammolari.pptx
Количество просмотров: 56
Количество скачиваний: 0