Sanoat va fuqoro binolari

Слайд 2

MAVZU: Qavatlar tarxlarini ishlab chiqish.

Xona - binoning asosiy tarkibiy qismi yoki elementidir.

MAVZU: Qavatlar tarxlarini ishlab chiqish. Xona - binoning asosiy tarkibiy qismi yoki
Xona uchun asosiy narsa - bu uning funktsional vazifasidir, ya'ni kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy hayot faoliyatining ma'lum jabhalari talablarini qondirishidir. Xonalarning vazifasi va binodagi ahamiyatini hisobga olgan holda ularni boshqa xonalarga o'tib bo'ladigan yoki o'tib bo'lmaydigan qilib rejalashtirish mumkin.
Binolardagi xonalarni vazifalariga qarab asosiy (ishchi), yordamchi va kommunikatsiya xonalariga bo'lish mumkin.

Слайд 3

Asosiy xonalarga binoning funktsional vazifasiga mos ravishda kishilar tomonidan bajariladigan faoliyatga mo'ljallangan

Asosiy xonalarga binoning funktsional vazifasiga mos ravishda kishilar tomonidan bajariladigan faoliyatga mo'ljallangan
xonalar kiradi. Masalan, o'quv muassasalaridagi darsxonalar, turar-joy binolaridagi yashash xonalari va h.k.
Biroq, binodagi asosiy jarayonni amalga oshirish uchun asosiy xonalardan tashqari boshqa xonalar ham kerak bo'ladi. Shulardan biri yordamchi xonalardir. Ular binoda amalga oshiriladigan jarayonlarning bajarilishini ta'minlash uchun zarur, lekin binoning vazifasini belgilamaydilar (masalan, kvartiradagi oshxona, vanna xona yoki tomosha muassasalaridagi bufet, hojatxona kabilar). Binolardagi asosiy va yordamchi funktsional vazifalarni bajaruvchi barcha xonalar kommunikatsiya xonalari vositasida o'zaro bog'langan bo'ladilar. Ularning asosiy vazifasi - kishilarning harakatlanishiga qulaylik yaratishdir (koridor, yo'laklar, zina va shunga o'xshashlar).

Слайд 4

Bunday xonalarning o'lchamlari normal sharoitda zarur qulayliklarni, favqulotda holatlarda esa kishilarni evakuatsiya

Bunday xonalarning o'lchamlari normal sharoitda zarur qulayliklarni, favqulotda holatlarda esa kishilarni evakuatsiya
qilishda xavfsizlikni ta'minlash sharti asosida tanlangan bo'lishi kerak. Berilgan o'lchamlardagi va forma (bichim)lardagi xonalarni loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishdagi barcha talablarni hisobga olgan holda yagona bir kompleksda joylashtirish - binoning hajmiy-plan yechimi deb ataladi.

Слайд 5

Binolar hajmiy plan yechimlarini yaratishning bir necha uslublari (planirovka sistemalari) ma'lum.
Koridor bilan

Binolar hajmiy plan yechimlarini yaratishning bir necha uslublari (planirovka sistemalari) ma'lum. Koridor
bog'langan xonalarning bino planida joylashtirilish sistemasi planirovkaning koridor sistemasi deb ataladi(rasm). Bunda xonalar koridorning bir tomonida (a) yoki ikkala tomonida (b) joylashgan bo'lishi mumkin. Birinchi holatda koridor yaxshi yoritiladi, lekin ikkinchi darajali maydon nisbatan ko'payadi. Ikkinchi holda esa ikkinchi darajali maydon kam lekin koridorni yoritish muammosini hal qilish kerak bo'ladi. Issiq iqlim hududlarida xonalar koridorning bir tomonida joylashgan binolarda koridor ochiq (galereya) bo'lishi mumkin. Bunda planirovkaning galereya sistemasi hosil bo'ladi.

Слайд 6

a) - xonalar koridorning bir tomonida joylashgan;
b) - xonalar koridorning ikkala tomonida

a) - xonalar koridorning bir tomonida joylashgan; b) - xonalar koridorning ikkala tomonida joylashgan.
joylashgan.

Слайд 7

Agar xonalar bir-biri bilan devordagi va pardadevordagi eshiklar yoki ochiq eshiklar o'rinlari

Agar xonalar bir-biri bilan devordagi va pardadevordagi eshiklar yoki ochiq eshiklar o'rinlari
orqali bevosita bog'langan bo'lsa, bunday yechimni planirovkaning anfilada sistemasi deb ataladi (rasm). Bu sistema juda tejamli, chunki unda ikkinchi darajali maydon juda oz, ammo hamma xonalar boshqa xonalarga o'tadigan bo'lgani uchun ko'p hollarda undan foydalanish noqulay, shuning uchun ko'rgazma, muzey, vokzal kabi binolarda qo'llaniladi.

Слайд 8

Planirovkaning zal sistemasi binoda uning funktsional vazifasini belgilovchi bitta katta (bosh) xona

Planirovkaning zal sistemasi binoda uning funktsional vazifasini belgilovchi bitta katta (bosh) xona
bo'lishi va uning atrofida boshqa zarur xonalar joylashtirilishi nazarda tutadi

Слайд 9

Binolardagi xonalarni to'g'ri joylashtirish uchun oldindan funktsional yoki texnologik sxema tuzib olish

Binolardagi xonalarni to'g'ri joylashtirish uchun oldindan funktsional yoki texnologik sxema tuzib olish
maqsadga muvofiqdir. Uni xonalar maydonining masshtabiga e'tibor bergan holda tuzgan ma'qul. Rasmlarda kichik kinoteatr misolida koordinatsion diagramma va funktsional sxema tuzish namunasi keltirilgan.

Слайд 11

Foydalanilgan adabiyotlar:

Mirаlimоv M.M., Sayfiddinov S., Babajanov M.D. ARXITEKRURA. Darslik. Toshkent.
Fuqarolik binolari Darslik.

Foydalanilgan adabiyotlar: Mirаlimоv M.M., Sayfiddinov S., Babajanov M.D. ARXITEKRURA. Darslik. Toshkent. Fuqarolik
Toshkent.
M.M. Miralimov “Turar joy va jamoat binolarini zilzilaviy hududlarda loyihalash”.
Имя файла: Sanoat-va-fuqoro-binolari.pptx
Количество просмотров: 56
Количество скачиваний: 0