A. Navoiy o’zbek adabiy tilining asoschilaridan biri

Слайд 2

REJA:

1.  Alisher Navoiy  о’zbek adabiy тilining аsoschisi.
2.  Navoiy tilining fonetik xususiyatlari.
3.  Navoiy tilining morfologik xususiyatlari.
4.   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

REJA: 1. Alisher Navoiy о’zbek adabiy тilining аsoschisi. 2. Navoiy tilining fonetik

Слайд 3

O’ZBEK ADABIY TILINING RIVOJIDA 15-ASRNING IKKINCHI YARMI JUDA MUHIM DAVR HISOBLANADI. BU

O’ZBEK ADABIY TILINING RIVOJIDA 15-ASRNING IKKINCHI YARMI JUDA MUHIM DAVR HISOBLANADI. BU
DAVRDA ALISHER NAVOIY O’ZINING MUBORAK IJODI BILAN O’ZBEK ADABIYOTINI YUKSAK DARAJAGA KO’TARISH BILAN BIRGA, O’ZBEK TILINING TARAQQIYOTIGA HAM O’ZINING SALMOQLI HISSASINI QO’SHDI. NAVOIY O’Z ASARLARIDA, ALBATTA «GRAMMATIKA» YOKI «FONETIKA» SO’ZINI QO’LLAGAN EMAS. LEKIN TILNING GRAMMATIK VA FONETIK QONUNYATLARINI YAXSHI BILGAN, ULARNI BIR-BIRLARIDAN YAXSHI FARQLAGAN VA O’ZIGA XOS ARABCHA-FORSCHA VA TURKCHA-O’ZBEKCHA ATAMALAR BILAN NOMLANGAN: AMR, HARF, HARAKAT, HAMZA, VOZE (VOZ-YASOVCHI YOKI SO’Z YASOVCHI); TAJNIS VA IHOM – KO’P MA`NOLI SO’Z; ALAM-ISM, OT; ATMUTAKALLIM-SO’ZLOVCHI; LAFZ, KALOM, ALFOZ KABILAR HAQIDA O’Z DAVRIGA NISBATAN JUDA MUHIM FIKR VA MULOHAZALAR BAYON QILGAN. JUMLADAN, NAVOIY TURKIY (O’ZBEK) TILINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI HAQIDA YETARLI DARAJADA FIKR BILDIRGAN. U, XUSUSAN, SO’Z YASASH YO’LLARI HAQIDA MAXSUS TO’XTAYDI. O’ZBEK TILIDA FE`LLARDAGI BIRGALIK VA ORTTIRMA DARAJALARINI YASOVCHI –SH/-ISH, -T, QO’SHIMCHALARI ORQALI CHOPISHMOQ, TOPISHMOQ, KO’CHISHMOQ, O’PISHMOQ, YUGURT, QILDURT, YASHURT, CHIQART KABI SO’ZLAR YASALGANLIGINI, SIFATLARDA BELGINING ORTIQ-KAMLIGINI ESA P, M, VOSITASI ORQALI OP+OQ QOP+QORA, QIP+QIZIL, SAP+SARIQ, YUM+YUMALOQ, YAP+YASSI, OP+OCHUQ, YAM+YASHIL, BO’M+BO’SH TARZIDA IFODALANISHINI AYTADI

Слайд 5

Alisher Navoiy o’zbek tiliga ya`ni o’z ona tilimizga diqqat bilan qaradi.

Alisher Navoiy o’zbek tiliga ya`ni o’z ona tilimizga diqqat bilan qaradi. Navoiyning
Navoiyning afsus bilan ta`kidlashicha, hatto, ko’pgina o’zbek shoirlari ham, ona tili boyliklari va keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e`tibor berardilar. «Bu til dag’al til, unda yuksak san`at asarlari yaratib bo’lmaydi» degan fikrlarga uzil-kesil zarba berish, o’zbek tilining yashirin qolib kelayotgan xazinalarini ochish va uni ilm ahllariga, she`riyat muxlislariga tushintirish o’zbek xalqining buyuk farzandlari oldida muhim vazifa bo’lib turardi. Ana shu ulkan ishning uddasidan Alisher Navoiy chiqa oldi. Navoiy «Bu alfoz va iboratda bir nav daqoyiq ko’pdurkim, bu kunga deguncha hech kishi haqiqatig’a mulohaza qilmag’on jihatdin bu yashurun qolibdur. Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafza muncha vus`at (kenglik) va maydonida buncha fushat (ochiqlik) topilur…» deb yozdi va o’zbek shoirlarini o’z ona tilini faqatgina xalq ommasi emas, balki shoirlar ham qo’llashi, shu tilda, iloji boricha, o’z iqtidor va mahoratlarini ko’rsatishlari kerak edi. Masalan, Navoiy xuddi shu maqsadda quyidagicha yozadi: «…turk tilining jomliyati muncha daloil bilan sobit bo’ldi, kerak erdikim, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on ta`b ahli salohiyat va ta`blarin o’z tillarin turg’och, o’zga til bilan zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikala til bilan aytur qobiliyatlari bo’lsa, o’z tillari bilan ko’proq aytsalar erdi va yana biri bilan ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag’a qilsalar, ikala til bilan teng aytsalar erdi…»

Слайд 6

 NAVOIY IKKI TILNI – O’ZBEK VA FORS (TOJIK) TILLARINI QIYOSLAR EKAN, BIRINING

NAVOIY IKKI TILNI – O’ZBEK VA FORS (TOJIK) TILLARINI QIYOSLAR EKAN, BIRINING
AHAMIYATINI KAMAYTIRIB YOKI RAD ETIB, IKKINCHISINING AHAMIYATINI BO’RTTIRIB KO’RSATMAYDI, BU SOHADA HECH QANDAY MUBOLAG’AGA YO’L QO’YMAYDI, AKSINCHA, ULARNING HAR BIRINI O’Z HOLICHA OLIB QARAYDI. BOY MATERIALLARGA ASOSLANGAN HOLDA O’ZBEK TILINING FORS TILI BILAN TENG HUQUQLIGI VA GO’ZALLIGINI, AYRIM HOLLARDA ESA BU TOMONLARNING USTUNLIGINI ISBOTLAB KO’RSATADI. 

Navoiy o’zbek tilida 100 ta fe`lni yuzaga kelishi sabablarini ko’rsatadi va ularning tahlilini beradi. Bunday fe`llarning ko’plari fors tilida uchramasligini qayd etadi, u qator fe`llardagi sinonimlarni misol keltiradi. Navoiy asarlari tilini singormonizmsiz shevalarga asoslangan deb qaraydi. E.D.Polivanov esa uning asarlari O’rta Osiyo tilida yozilganligini qayd etadi

Alisher Navoiy aniq bir dialektga asoslanib ish ko’rmagan. U o’zbek dialekt va shevalarida ko’p va keng qo’llanuvchilik xarakterli xususiyatlarni tanlab olib, o’zbek adabiy tilini taraqqiy ettirish uchun qizg’in kurash olib bordi. Navoiy asarlarida qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi va qisman qipchoq shevalari xususiyati mavjuddir

Слайд 7

15-ASR O’ZBEK ADABIY TILIDA HAM BO’G’IN HOSIL QILISH UNLI TOVUSHLAR HISOBLANGAN. BO’G’IN

15-ASR O’ZBEK ADABIY TILIDA HAM BO’G’IN HOSIL QILISH UNLI TOVUSHLAR HISOBLANGAN. BO’G’IN
UNLI BILAN BOSHLANISHI, YA`NI TO’SIQSIZ BO’LISHI YOKI UNDOSH BILAN BOSHLANIB, TO’SIQLI BO’LISHI MUMKIN. BO’G’IN BOSHIDA IKKI UNDOSH QATOR KELMAYDI, YA`NI BO’G’IN FAQAT BIR UNDOSH BILAN TO’SILADI. YANA BO’G’IN UNLI BILAN TUGASHI, YA`NI OCHIQ BO’LISHI, YOXUD UNDOSH BILAN TUGASHI, YA`NI YOPIQ BO’LISHI MUMKIN.

Vokalizm Navoiy tilida uning o’zining «Muhokamat ul-lug’atayn»dagi ma`lumotiga ko’ra, to’qqiz unli fonema mavjuddir.
i-i, e-a, y-u, ө-o va e.

«I» fonemasi. Ma`lumki, hozirgi o’zbek adabiy tilidagi «i» fonemasi qadimgi turk tilida va hozirgi jilovchi hamda singormanizmli yilovchi o’zbek shevalarida ikki mustaqil «i» va «i» fonemalaridan iborat. Navoiy i tovushi borligi haqida gapirmaydi. Demak, qadimgi turk tilidagi i-i fonemalari o’zbek adabiy tilida 15-asrdayoq birlashib bir I fonemasiga aylana boshlagan.

«E» fonemasi. Bu fonema qadimgi turk tilidagi til oldi «ә»sining torayishi natijasida vujudga kelgan, qadimgi turk tilidagi kәldi, sәkiz, әr kabi so’zlarning hammasi birinchi bo’g’indagi ә, 15-asrda «e»ga aylanganini ko’ramiz, ә turkiy so’zlarning affikslarida saqlangan bo’lsa ham, turkiy so’zlar uchun fonemaning kuchli pozitsiyasi o’zak,  ya`ni birinchi bo’g’in hisoblanganligi uchun, a tovushning varianti deb hisoblash kerak.

«A» - fonemasi. Tojik tilidan o’zbekchaga yor, bozor, qamar, samar kabi tojik va arab so’zlaridan o’tib, turkiy so’zlardagi «ә» fonemasi «e»ga aylangandan keyin turkiy so’zlardagi hamda tojik va arab so’zlaridagi a dan hosil bo’lgan, «o» bilan «u»ga qarama-qarshi turuvchi tovushdir.

Слайд 8

O-e va y-u fonemalari. Bu fonemalarning 15-asr o’zbek adabiy tilida mavjudligi shubhasizdir.

O-e va y-u fonemalari. Bu fonemalarning 15-asr o’zbek adabiy tilida mavjudligi shubhasizdir.
Chunki Navoiy ot(olov)dan өt (o’tmoq dan buyruq)ni farqlaydi.
Konsonantizm Navoiy tilida 25 ta undosh fonema bor: b, p, f, v, m, t, d, s, n, r, l, sh, j, j, ch, l, g, q, g’, ng, i, x, h,  (ع).
Navoiy tilidagi qaror, sangar kabi so’zlar oxiridagi r hozirgi zamon o’zbek tilida dissimilyatsiyaga uchrab, i ga aylangan: qoray, sarg’ay.
Navoiy tilida ham singarmonizm qonunlari mavjud. Navoiy «Xamsa» sining Abdujamil nusxasi bizni singarmonizmning har uchala qonuni, ya`ni unlilardagi tanglay uyg’unligi, lab uyg’unligi, hamda undoshlardagi jaranglilik va jarangsizlik uyg’unligi bor, degan xulosaga olib keladi.

Слайд 9

BUNDAN TASHQARI NAVOIY TILNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI HAQIDA HAM GAPIRIB O’TADI. NAVOIY TILIDAGI

BUNDAN TASHQARI NAVOIY TILNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI HAQIDA HAM GAPIRIB O’TADI. NAVOIY TILIDAGI
SO’ZLARNI XUDDI HOZIRGI ZAMON O’ZBEK TILIDAGI KABI DASTLAB IKKI KATTA MORFOLOGIK GURUHGA, YA`NI MUSTAQIL VA YORDAMCHI SO’ZLARGA, SO’NGRA MUSTAQIL SO’ZLARNI O’Z NAVBATIDA OT, SIFAT, OLMOSH, SON, FE`L, RAVISH TURKUMLARIGA, YORDAMCHI SO’ZLARNI ESA KO’MAKCHI, BOG’LOVCHI VA YUKLAMALARGA BO’LISH MUMKIN.

1)    Atoqlilik va turdoshlik

2)    Kishilik va nokishilik

3)    Holat

4)    Ko’plik

5)    Egalik

6)    Kelishik

Слайд 10

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.     Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. –Т.: «Фан», 1984.
2.     Дониёров

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. –Т.:
Х., Йўлдошев Б. Адабий тил ва бадиий стил. – Тошкент: «Фан», 1988.
3.     Каримов С., Санақулов У. Ўзбек тилшунослиги масалалари. – Самарқанд, 2001.
4.     Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи – Тошкент: «Ўзбекистон» 2002. 
Имя файла: A.-Navoiy-o’zbek-adabiy-tilining-asoschilaridan-biri.pptx
Количество просмотров: 51
Количество скачиваний: 0