Слайд 2

LUTFIY HAYOTI VA IJODI

Lutfiy - o‘zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan

LUTFIY HAYOTI VA IJODI Lutfiy - o‘zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha
davrlardagi eng mashhur lirik shoir. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham - shundan. Obro‘yi va shuhrati juda yuksak darajaga yetgan edi. Alisher Navoiy uni, o‘zining ustozlaridan biri, deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasida shu ulug‘ shoir haqida aytilgan ushbu iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ulkalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi... va turkcha devoni ham mashhurdur».

Слайд 3

Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan tasawuf vakillari — shayx-avliyolar to‘g‘risidagi

Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan tasawuf vakillari — shayx-avliyolar to‘g‘risidagi
tazkirasida esa Lutfiyning uzoq umr ko‘rgani va qabri haqida ham qimmatli ma’lumot beriladi: «...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehi- kanordadur, o‘z maskani erdi». Bundan shoirning Hirotda hayot kechirgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan qishloqda dafn etilganini bilib olamiz. Lutfiy milodiy 1366- yili tug‘ilib, 1465- yili vafot etgan. Bu ustoz shoir dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.
XV asming birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «(Jul va Navro‘z» dostoni sho‘rolar davrida uzoq yillar l.utfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab,ijod etgan shoir Haydar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko‘rsatdi.

Слайд 4

Lutfiyni Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri

Lutfiyni Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri
sifatida baholaydi. U Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Yaqiniy, Gadoiy kabi o‘zbek shoirlarini sanay turib, o‘zbek she’riyatida «mashhur forsiy shoirlar muqobalasida (qarshisida) kishi paydo bo‘lmagan»ini aytadi. Ammo ular orasida Lutfiyni alohida ajratib ko‘rsatadi: «...Bir Mavlono l.utfiydin o‘zgakim, bir necha matlalari borkim, tab’ ahli
(nozik didli adabiyotchilar) qoshida o ‘qusa, bo Mur». Bundan anglashiladiki, Lutfiy Navoiygacha bo‘lgan davming eng oldi o‘zbek shoiri edi. U fors-tojik tilida ham go‘zal
she’rlar bitgan zullisonayn (ikki tilli) ijodkor edi.
Bizgacha Lutfiy turkiy (o‘zbekcha) devonining XVI - XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan. Bu qo‘lyozmalar dunyoning turli shaharlaridagi e’tiborli kutubxona va qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi.
Olimlaming hisob-kitobiga ko‘ra, shoir merosining umumiy miqdori - 3 ming baytga yaqin. Buning 75 foizini g'azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan.

Слайд 5

Lutfiy lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillarigagina emas, boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman,

Lutfiy lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillarigagina emas, boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman,
ozarboyjon, usmonli turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatgan.
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan 2006- yili Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor (hozirgi Nangobod) qishlog‘idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u
yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi.
Shoirning, xususan, g‘azal va tuyuqlari XV asr o‘zbek lirikasining go‘zal namunalari hisoblanadi. Hozirgi paytda ham shoiming ko‘plab g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi.
Ular xalqimizning sevimli ashulalari safidan joy olgan.

Слайд 6

TUYUQ

Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr

TUYUQ Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu
namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Quyidagi adabiy-badiiy talablar tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan:
Tuyuq sheriyatda aynan ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yuzaga keladi.
Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a tarzida ham, d-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya’ni tajnisga ega botishi mumkin. Navoiyning tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko‘p uchraydi.

Слайд 7

Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda

Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda
ko‘ramiz:
Ul pari ishqida bu devonani,
Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey ko‘ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r.

Слайд 8

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor...

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
Har necha

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor... Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor.

Слайд 9

«BANDAMEN» TAJNISLI TUYUQ

Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda

«BANDAMEN» TAJNISLI TUYUQ Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkaymen
men.
Bevafolarg‘a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey dil, banda - men.
Имя файла: LUTFIY.pptx
Количество просмотров: 86
Количество скачиваний: 1