Слайд 2Reja
1. Juft tuyoqlilar turkumi
A) Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar
B) Kavsh qaytarmaydigan juft

tuyoqlilar
2. Toq tuyoqlilar turkumi
Слайд 3O’TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

Слайд 4Juft tuyoqlilar turkumi - Artiodactyla
Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki
ikki juft bo‘lib,

tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar –
kavsh qaytaruvchi
Kavsh qaytarmaydigan guruhlarga bo‘linadi.
Слайд 5Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar
Oyoqlari ancha uzun, oshqozoni to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvonlardir.

Odatda, o‘simlik tarkibida qiyin hazm bo‘ladigan kletchatka ko‘p bo‘ladi.
Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Слайд 7Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar

Слайд 8Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilarga
Sigir, qo‘y, echki, zubr, sayg‘oq, jayron, bug‘u va boshqa

ko‘pchilik juft tuyoqlilar kiradi.
Ularning boshidagi bir juft muguz shoxlari butun hayoti davomida o‘sib boradi.
Bug‘u va los kabi hayvonlarning shoxlari har yilda almashinib, o‘rniga yangisi o‘sib chiqadi
Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilardan Buxoro bug‘usi (xongul) Qizilqum qo‘riqxonasida va Termiz yaqinidagi Payg‘ambar orolida boqilmoqda.
Ustyurt dashtida sayg‘oq uchraydi.
Слайд 9Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar
qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; bo‘yin,

oyoqlari va dumi kalta.
Ularga to‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) va suv ayg‘iri (begemot) kiradi
Слайд 10Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar

Слайд 11To‘ng‘iz va begemot
To‘ng‘iz ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm gacha, vazni

200–240 kg keladi.
To‘ng‘iz Yevropa va Osiyo qit’asida tarqalgan;
O‘zbekistonda tog‘li joylarda va to‘qaylarda uchraydi.
Begemot tropik Afrikada tarqalgan.
Слайд 12Toq tuyoqlilar turkumi - Perissodactyla

Слайд 14Toq tuyoqlilar turkumi
Toq tuyoqlilar yalanglikda yashaydigan hayvonlardir
Ularga ot, eshak, karkidon, tapir, zebra

va qulon kiradi
Yovvoyi Prjevalskiy oti XX asr o‘rtalarigacha Markaziy Osiyo (Mo‘g‘uliston va Xitoy) cho‘llarida yashagan;
hozir qo‘riqxonalar va hayvonot bog‘larida saqlanib qolgan.
Tanasining uzunligi 230 sm, balandligi 130 sm, vazni 300 kg keladi
Слайд 15Toq tuyoqlilar turkumi
Xonaki otlar qirilib ketgan yovvoyi ot – tarpandan,
xonaki eshak

esa Afrika yovvoyi eshagidan kelib chiqqan
Tapirlarning bir necha turlari Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyodagi o‘rmonlarda yashaydi.
Karkidon tropik Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan.
Слайд 16Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
