shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o’xshash dostonchiliq, ro’monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg’a, xalqimizni shu zamonning “Tohir-Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari, “Farhod-Shirin” va “Bahromgo’r”lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his etamiz.
“O’TKAN kunlar”dagi konfliktning “urug’i” Otabek bilan homid o’rtasida sodir bo’ladi. ular uylanish haqida bahslashadilar. Otabek “Oladurg’on xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xoting’a muvofiquttab’ bo’lsin,” – desa, homid “Xoting’a muvofiq bo’lish va bo’lmasliqni unga keragi yo’q, xotinlarg’a “ er” degan ismning o’zi kifoya...” – deydi.
“1264-nchi hijriya, dalv oyining 17-nchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakda shom azoni eshitiladur...
Darbozasi sharqi-janubiga qaratib qurilg’an bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to’la.
“O’TKAN KUNLAR”