(01.01.2019-yil holati). Qoraqalpog`iston Respublikasida 15 ta tuman, 12 ta shahar va 26 ta shaharcha mavjud.
Qoraqalpog`iston Respublikasi mamlakatimizning shimoli g‘arbida joylashgan. Temiryo‘l, avtomobil va havo transportining yo‘lga qo‘yilishi, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarining uzluksiz yuksalishiga zamin hozirladi. Qoraqalpog‘iston muxtor viloyat sifatida 1925-yilda tashkil topgan, 1932-yilda muxtor respublikaga aylantirilgan, 1936-yilda O‘zbekiston tarkibiga kirgan. Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibiga kirishi qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi qadimiy do‘stlikni, hudud, til va madaniyatdagi mushtaraklikni yanada mustahkamladi.
QORAQOLPOG’ISTON RESPUBLIKASI