Слайд 2Reja
1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati
2. Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti
va metodi.
3. Menejment fanining tahlil usullari
4. Menejment fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Слайд 3Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun – mohiyatini tashkil qiladi.
Menejment — bu inglizcha
so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
* boshqaruv hokimiyati va san’ati;
* resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Слайд 4Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
yuksak
san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov
* mustaqil fan
* faoliyat turi, funksiya
* jarayon
* tashkilotlarni boshqaruvchi xodimlar
* boshqaruv apparati yoki organi.
Слайд 5Menejment tavsiflari
Menejment - iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv turidir.
Menejment
- iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda olishni ko‘zda tutadi.
Menejment - maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki mehnatni samarali tashkil qilishga yo‘naltirilgan boshqaruvdir.
Menejment - mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni o‘z vazifasi deb biluvchi boshqaruvdir.
Menejment - yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi bo‘lib, uning muhim bo‘g‘ini, aniq boshqaruv sharoitlari, yangiliklar loyihasini ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni har tomonlama va aniq tahlil qilishdir.
Menejment – o‘zini egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb hisoblanadi, o‘z vaqtida qayta tuzilish, bozor kon’yukturasi, hamda raqobat kurashini, ijtimoiy taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega.
Menejment - bu shunday faoliyatki, unda inson harakatlarini tayyorlash, tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘lga solish haqidagi san’at mujassamdir.
Слайд 6Menejment maqsadi va vazifalari
Foyda olishni bilish
Samarali faoliyat olib borish
Resurslarni boshqarish
Odamlarni boshqarish
Слайд 8Menejment faning predmeti
* boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
* boshqarish obyekti va subyekti;
* boshqarish tamoyillari va usullari;
* boshqarish madaniyati;
* menejer va uning fazilatlari;
* menejer reytingi;
* boshqarishda qaror qabul qilish;
* boshqarish funksiyalari;
* xodimlarni boshqarish;
* ishlab chiqarishni boshqarish,
* samaradorlikni boshqarish;
* o‘z-o‘zini boshqarish;
* hududiy boshqarish va hokazolar.
Слайд 9Menejment fanining tahlil usullari
Слайд 10Menejmentning o‘rganish obyekti
Boshqaruv faoliyatiga doir iqtisodiy hodisa va jarayonlar, firma ishini samarali
tashkil etish xususiyatlari, boshqaruvning amaldagi zamonaviy shakl va usullari, uning kelajak istiqbollari tashkil etadi. Bunda menejment nazariyasining rivojlanish tendensiyasi, uni tashkil etish tamoyillari va usullari, motivatsiya va boshqaruv samaradorligi masalalari obyekt sifatida o‘rganiladi.