001 (2)
Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining biror tarmog’i yo’qki, kimyo fani yutuqlari kirib bormagan bo’lsin. Sanoat, texnika, qishloq xo’jaligi, tibbiyot va boshqa ko’pgina sohalarda kimyo, ayniqsa, katta rol o’ynaydi. Mamlakat agrosanoat kompleksi barcha bo’g’inlarining o’zaro bog’langan holda to’xtovsiz ishlashini ta’min etish, qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalarning doimiy rivojlanib borishi uchun fan-texnika yutuqlariga tayanib ish ko’rish zarur. Keyingi yillarda Respublikamiz qishloq xo’jaligining mineral o’g’itlarga bo’lgan talabi keskin ortib bormoqda. Agrosanoat kompleksini jadallashtirish omillaridan biri - qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan mineral o’g’itlardan samarali foydalanishdir. Bunda ishlab chiqarilayotgan mineral o’g’itlar turlarini kengaytirish, xomashyo zahiralaridan samarali foydalanish orqali mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni yaratish hamda xalq xojaligida tadbiq etish muhim o’rin tutadi. Respublikamizda bir nechta mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo’lib, biz tadqiqot ishimizni Navoiazot AJda olib bordik. Ma’lumki, har yili hosil bilan birga yerdan juda ko’p miqdorda azot, fosfor va boshqa elementlar chiqib ketadi, natijada yer bu elementlarga qanchalik boy bo’lmasin, ular o’rni to’ldirilib turilmasa miqdori kamayib ketishiga olib keldai. Bu o’z navbatida hosildorlikka ta’sir qiladi, buning oldini olish uchun yerni o’z vaqtida “boqib”, yani o’g’itlab turish zarur. O’g’itlar yer kuchini saqlash bilan bir qatorda o’simliklar hosilini oshirishga, uning sifatini yaxshilash va tabiat injiqliklariga chidamligini oshirishga yordam beradi. Hozir yerga solingan har tonna azot 25 tonnagacha qo’shimcha bug’doy, 100-120 tonna kartoshka, 160 tonnagacha qand lavlagi beradi. Navoiazot AJda ishlab chiqarilayotgan mineral o’g’itlar Respublikamizning barcha hosil ekiladigan maydonlarida qo’llanilmoqda va yuqori hosildorlikka erishilmoqda. Biz olib borgan tadqiqotlarimizda yerlarning meliorativ holatini hisobga olgan holda o’g’itlardan foydalanish texnologiyalarini o’rgandik. Agar hozirgi kunda mineral o’g’itlarning qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini, sanoatning bu tarmog’ini tez sur’atlar bilan rivojlantirish kerakligini e’tiborga oladigan bo’lsak, bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishi nazariy va amaliy jihatdan dolzarb ekanligi ko’rinadi. Navoiazot AJda mineral o’g’itlarning ishlab chiqarilishi Ammiak ishlab chiqarish texnologiyasi Ammiak – rangsiz, o’tkir hidli gaz. – 33,350C temperaturada qaynaydi, – 77,750C temperaturada suyuqlanadi. Ammiak suvda yaxshi, organik erituvchilarda cheklangan miqdorda eriydi. Suvli eritmalarda ammiak gidratlar holida bo’ladi: NH3×H2O yoki 2NH3×H2O. Bundan tashqari sezilarli bo’lmagan miqdordagi ionlashgan molekulalar reaksiyasi natijasida NH3+H2O=NH4++OH- hosil bo’ladi. Bu reaksiyaning muvozanat konstanstasi 1,75×10-5 ga teng, dissotsialanish darajasi 0,004 ga teng. Quruq ammiak havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi, portlash t0 ga bog’liq bo’lib, ammiak miqdori 180C t0 ga va chegaralangan intervalda 0,155 dan to 0,270 hajmda. Bu “ammiak – havo” sistemasi asosida HNO3 foydalaniladi (ammiakni oksidlash yo’li bilan). Ammiakni havodan xom ashyo sifatida foydalaniladi. quruq ammiakning portlovchi miqdori; suyuq eritmalarda ammiakning portlash miqdori; Ammiak ishlab chiqarish uchun xom ashyo qayerdan olinadi? Ammiak ishlab chiqarish uchun xom ashyo sanoatda H2 va N2 hisoblanadi. Azot va vodorodli aralshma N2:H2=1:3 stexiometrik sostavda. Azot vodorodli aralashma qanday usulda olinmasin, tarkibida ko’pgina katalitik zaharlar saqlaydi (O2, CO2, suv bug’i, S, P) va katalizatorni zaharlaydi. Bu moddalarni yo’qotish maqsadida azot – vodorodli aralashma tozalashdan o’tkaziladi. Azot – vodorodli aralashma xemosorbtsiya yordamida yaxshilab tozalanadi. Xemosorbtsiya suyuq reagentlar va katalitik gidratlash yoki suyuq azotbilan yuvish orqali amalga oshiriladi. Uglerod (IV) oksididan H 2 S dan ajratish uchun N2+H2 aralashma ishqoriy reagentlar, nasadkali bashnyalarda yuviladi. Natijada termik tuzlar hosil bo’ladi. N2+H2 aralashmani CO2 dan tozalashning eng samarali usuli zamonaviy qurilmalarda suyuq azot bilan yuvish bo’lib, – 1900C da boradi va jarayonda CO2, CH4, Ar ajraladi. N2+H2 aralashma katalitik gidratlash yordamida oxirgi tozalashdan o’tkaziladi, bu metanlash yoki kataliz oldi tozalash deyiladi.